Zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçi YATTlarga maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan tijorat uçun olib çiqişga ruxsat beriladi
Prezident Farmoni bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Farmonga köra:
Jismoniy şaxslar qiymati 100 million sömgaça bölgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirmasdan, 100 million söm va undan ortiq bölganlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida Özbekiston bojxona hududidan taşqariga olib çiqişi mumkin.
Maʼlumot uçun, avval qiymati beş ming AQŞ dollaridan ortiq bölgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirgan holda Özbekistondan taşqariga olib çiqişga ruxsat berilgan.
Şuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga qöşimça kiritilgan bölib, unga köra, zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçi YATTlarga zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirgan holda maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan Özbekiston bojxona hududidan taşqariga tijorat maqsadlarida olib çiqişga ruxsat beriladi.









