"MIB jarimani 15 kun içida tölaşim kerakligini aytyapti. Karantinda şu töğrimi?"

Bugun AOKA ştabida Majburiy ijro byurosi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Farrux Toşpölatov iştirok brifing ötkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

MIB xodimlari telefon qilib, avtomaşinam böyiça maʼmuriy jarimani 15 kun içida tölaşim kerakligini tuşuntirişdi. Karantin vaqtida bu töğrimi?

Yöl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uçun tayinlangan maʼmuriy jarimalarni undiriş yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Prezident Farmoniga köra, faqatgina karantinga olingan şaxslarga nisbatan qöllanilgan maʼmuriy jarimalarni tölaş muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.

Siz uşbu jarimani Telegram tarmoğidagi @mibuzbot aloqa boti orqali tölaşingiz mumkin.

×