Sudlanganlik “tamğasi” qanday olib taşlanadi?

Sudlanganlik “tamğasi” qanday olib taşlanadi?

Köp fuqarolarimiz “sudlangan” degan qora tamğadan yiroqroq yurişga harakat qilişadi. Dunyoda heç bir inson jinoyatçi bölib tuğilmaydi, balki ana şu salbiy illatni hayoti davomida öziga orttirib oladi. Taqdir taqozosi bilanmi yoki bilib-bilmay adaşib jinoyat köçasiga kirib qolganlar keyinçalik öz böynilariga “sudlangan” degan tamğani olişga majbur bölişadi.

Sudlanganlik özi nima? Amaldagi Jinoyat kodeksiga köra, sudlanganlik şaxsning sodir etgan jinoyati uçun hukm etilganligidan kelib çiqadigan huquqiy holatdir. Aslida, sud tomonidan jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan kundan boşlab şaxs sudlangan deb hisoblanadi.

Har qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikning oqibati bölgani kabi, jinoyat sodir etişning ham öziga yaraşa huquqiy oqibati mavjud va bu ham bölsa sudlanganlikdir.

Sudlanganlik esa şaxs manfaatlariga taʼsir etuvçi bir qator huquqiy oqibatlarga sabab böladi.

Ular qöyidagilar:

jinoyat kvalifikatsiyasiga taʼsir etuvçi, yaʼni jinoiy javobgarlikni kuçaytiruvçi holat hisoblanadi;

muayyan hollarda şaxsni “öta xavfli retsidivist” deb topilişiga asos böladi;

jazoni oğirlaştiruvçi holat sifatida eʼtirof etiladi;

ilgari sodir etilgan jinoyati uçun jazo ötayotgan şaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan hollarda, hukmlar majmui böyiça jazo belgilaşda sudlanganlik qattiqroq qoidalar qöllanilişiga sabab böladi;

tugallanmagan va olib taşlanmagan sudlanganlik holatining mavjudligi ayrim asoslar böyiça, masalan, jabrlanuvçi bilan yaraşganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilişiga tösqinlik qiladi.

Qöyidagi holatlarda şaxs sudlanmagan hisoblanadi:

jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi çiqarilganda;

tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllanilgan bölsa;

javobgarlikka tortiş muddatining ötib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

qilmiş yoki şaxs ijtimoiy xavfliligini yöqotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

aybdor öz qilmişiga amalda puşaymon bölganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

jinoyat sodir etgan şaxs jabrlanuvçi bilan yaraşganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

jinoyat sodir etgan şaxs kasalligi tufayli jazodan ozod qilinganda;

amnistiya yoki afv etiş asosida jazodan ozod qilinganda;

Sudlanganlik muddatining ötib ketganligi yoki sudlanganlikning olib taşlanişi munosabati bilan uning barça huquqiy oqibatlari bekor böladi.

Köpçilikka sudlanganlik holati qaçon yöqolişi qiziq. Şu masalaga töxtaladigan bölsak, demak, jinoyat qonuni böyiça şaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

şartli hukm qilinganlarga nisbatan — sud tomonidan şaxsga belgilangan sinov muddati tugagan kundan boşlab;

majburiy jamoat işlari, xizmat böyiça çeklaş yoki intizomiy qismga jönatiş tarzidagi jazolarini ötab çiqqaç;

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, şuningdek muayyan huquqdan mahrum qiliş yoki axloq tuzatiş işlari jazolari ötalganidan keyin bir yil ötgaç;

ozodlikni çeklaş jazosi ötalganidan keyin — ikki yil ötgaç;

beş yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ötalganidan keyin — tört yil ötgaç;

beş yildan ortiq, lekin ön yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ötalganidan keyin — yetti yil ötgaç;

ön yildan ortiq, lekin ön beş yildan köp bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi ötalganidan keyin — ön yil ötgaç.

Qonunçiligimizda fuqarolarimiz biliş lozim bölgan muhim qoidalar mavjud. Bu sudlanganlikni muddatidan oldin olib taşlaş masalasidir.

Jinoyat kodeksiga köra, agar şaxs ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötab bölganidan keyin unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir çoralari qöllanilmagan bölsa:

jamoat birlaşmasi;

fuqarolarning özini-özi boşqariş organi;

mehnat jamoasi;

jazoni ötab çiqqan şaxsning özi yoki vakilining bergan iltimosnomasiga köra ham sud Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan yuqorida qayd etilgan muddatlarning kamida yarmini ötganidan keyin uning sudlanganligini olib taşlaşi mumkin.

Biroq qonunçiligimizda imtiyoz tariqasida iqtisodiyot asoslariga qarşi ayrim jinoyatlar uçun, xususan Jinoyat kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uçun hukm qilingan şaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda köp zarar yetkazmaganda (bazaviy hisoblaş miqdorining beş yuz baravari va undan ortiq bölgan miqdor), Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida törtdan bir qismini ötganidan keyin sud tomonidan olib taşlanişi mumkinligi belgilangan.

Bundan taşqari, qonunçiligimizda ön beş yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötab çiqqan şaxslar hamda öta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni ötab çiqqanidan keyin ön beş yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib taşlaşi mumkinligi belgilangan.

Sudlanganlikni muddatidan ilgari olib taşlaş töğrisidagi iltimosnoma sudlanganlik holati mavjud şaxs, uning himoyaçisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlaşmasi yoki jamoa tomonidan jazoni ötab çiqqan şaxs yaşaş joyidagi jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudiga berilişi mumkin.

Şuningdek, sudlanganlik afv etiş yoki amnistiya akti asosida ham olib taşlanişi mumkin.

Sudlanganlik holatining tugallaniş yoki sudlanganlikni olib taşlaş muddatlari qanday hisoblanadi?

Sudlanganlik holatining tugallaniş yoki sudlanganlikni olib taşlaş muddatlari sud tomonidan jazoga hukm qilingan şaxsning asosiy va qöşimça jazolari ötab bölingan yoki ijro etilgan kundan boşlab hisoblanadi.

Asosiy va qöşimça jazo ötab bölingaç Jinoyat kodeksining 78-moddasida belgilangan, yaʼni sudlanganlik muddatlari ötişi bilan şaxs sudlanmagan hisoblanadi.

Sudlanganlik muddatlarini hisoblaşda bir qator qoidalar mavjud. Masalan agar şaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilroği bilan almaştirilgan bölsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilroği bilan almaştirilgan jazoning amalda ötab bölingan qismidan hisoblanadi;

Agar şaxsga tayinlangan jarima va axloq tuzatiş işlari jazosini sud boşqa jazo bilan almaştirgan bölsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda ötab bölingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi;

Agar jazoni ötab çiqqan şaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvçi muddatning ötişi töxtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uçun sudlanganlik holatining tugaş muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uçun jazoni amalda ötab bölganidan boşlab hisoblanadi.

Yuqorida töxtalib ötilgan masalalar yuzasidan fuqarolarimizga sudlanganlik böyiça yetarli darajada maʼlumot bergan bölsak öz maqsadimizga erişgan hisoblanamiz. Zero, jamiyatda örnatilgan tartib-qoidalardan közlangan asosiy maqsad ham fuqarolarni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etiş hamda ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdan iborat. Şunday ekan, barçamiz mamlakatimiz ravnaqi uçun amaldagi qonunlarimizda örnatilgan huquq va erkinliklarimiz bilişimiz, majburiyatlarimizni bajarişimiz hamda ularga amal qilişimiz, zarurat bölganda esa atrofdagilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişimiz ham qarz ham farzdir.

×