AQŞ Prezidenti Donald Trampning siyosatiga qaramay Amerika-Meksika çegarasida migrantlarning noqonuniy ravişda çegarani kesib ötişga urinişlari sezilarli darajada köpaygani qayd etildi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “The New York Post” naşri xabar berdi.
“Bu oyda çegaraçilar 7200 dan ortiq noqonuniy ötiş holatlarini qayd etdi, bu esa iyul oyida qayd etilgan 4600 migrantga nisbatan 57 foiz köp. Öşa paytda bu körsatkiç tarixda rekord darajada past bölgan edi”, deyiladi naşr xabarida.
Çegara patruli xodimlari ham naşrga sönggi paytlarda tajovuzkor va jinoyat sodir etişga moyil noqonuniy migrantlar soni köpayganini bildirgan.
Qayd etiş joiz, joriy yilning yanvarida inauguratsiya kuni Tramp noqonuniy migrantlarning AQŞ hududiga kirib kelişini darhol töxtatişga va millionlab migrantlarni deportatsiya qiliş jarayonini boşlaşga vaʼda bergan edi. Şuningdek, u Qöşma Ştatlarning janubiy çegarasidagi vaziyat munosabati bilan mamlakat böylab favqulodda holat rejimini joriy etgandi.









