DXX Namangan va Andijonda giyohvandlik savdosi bilan şuğullanuvçi fuqarolarni qölga oldi

DXX Namangan va Andijonda giyohvandlik savdosi bilan şuğullanuvçi fuqarolarni qölga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi bir neçta şaxslar faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.

Jumladan, Namangan şahrida yaşovçi  E.Mavlonov, M.Lutfillayev va B.Turğunovlar giyohvandlik moddasini xarid qiliş maqsadida Qirğiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Axsi tumaniga borişadi. U yerda Elnur ismli şaxsdan 2 kg. 942 gr. gaşişni 15 ming AQŞ dollariga sotib olişga kelişib, pulni olib kelgunga qadar garov tariqasida M.Lutfullayevning fuqarolik pasportini hamda B.Turğunovning özini Qirğiziston hududida qoldirişadi. Şundan söng Mavlonov yurtimizga qaytib keladi, Lutfullayev esa giyohvand moddani aylanma yöllar orqali mamlakatimizga olib kiradi. Lekin, oğuni Mavlonovga berayotgan vaqtda ularning ikkalasi ham qölga olinadi.

Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib B.Turğunov ham qöşni mamlakatdan olib kelindi. Tekşiruvlar davomida uning uyidan 158 gr. gaşiş moddasi topildi.

Şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan boşqa bir tezkor tadbir davomida  Rahmatjonov M. 7 kg 667 gr. “gaşiş” moddasini olib ketayotgan vaqtida uşlandi.

Bu kabi holatlar Andijon viloyatida ham qayd etildi. 1987 yil Andijon şahrida tuğilgan Ö. Xolmatovga qirğizistonlik Dilbar ismli ayol “özbek-qirğiz” davlat çegarasini ajratib turuvçi “Şahrixonsoy” kanaliga qöşni davlat hududida turib, “gaşiş” giyohvandlik moddasi joylangan 5 dona yelim idişlarni oqizib yuboradi. Xolmatov esa kelişilgan vaqtda uşbu yelim idişlarni kanalning Qörğontepa tumani “Maʼmurobod” MFY hududidan oqib ötgan qismidan qabul qilib oladi. Şundan söng Ötkirbek Xolmatov hamtovoği Jasurbek Xalilov boşqaruvidagi “Cobalt” avtomobilida giyohvandlik moddasini Andijon şahriga olib ketayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qölga olindi. Tekşiruv davomida ularning yonida 1 kg. 982 gr. “gaşiş” moddasi borligi maʼlum böldi.

Bundan taşqari, Qörğontepa tumani Qorasuv şahrida yaşovçi, 1996 y.t. Latipjonov Loçinbek Lazizjon öğli ham qirğizistonlik Abdulaziz ismli şaxs tomonidan “Şaxrixonsoy” kanali orqali oqizib yuborilgan 2 kg. 810 gr. “gaşiş” moddasini qabul qilib olib, kelgusida sotiş uçun öz yaşaş xonadoniga yaşirib qöyadi. DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşbu giyohvand modda ham tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida oğufuruşlardan jami 15 kg 559 gr. “gaşiş” giyohvand moddasi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda uşbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga muvofiq jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda


×