«Kasallik belgisini sezsangiz, darhol şifokorga murojaat qiling» – Prezident özbekistonliklarni yana bir bor ogohlikka çaqirdi

«Kasallik belgisini sezsangiz, darhol şifokorga murojaat qiling» – Prezident özbekistonliklarni yana bir bor ogohlikka çaqirdi

Şavkat Mirziyoyev: Barçamiz “Öz soğliğingni, öz bolangni, öz oilangni özing asra!” degan şiorga amal qilib yaşaşimiz şart

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni videoselektor yiğilişi avvalida koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraş doirasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlarga alohida töxtalib ötdi.

Davlat rahbari, jumladan, şunday dedi:

— Barçamiz guvohi bölib turibmiz, afsuski, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etmoqda. Dunyoning qator mamlakatlarida kasallikning ikkinçi tölqini boşlanayotgani barçamizda jiddiy xavotir uyğotmoqda.

Bugungi holat şuni körsatmoqdaki, uşbu infektsiyaga qarşi kuraşda qandaydir «sehrli retseptlar» hali yöq. Jahon hamjamiyati, dunyodagi eng yirik ilmiy markazlar, eng kuçli olimlar bu ofatga davo topiş uçun qattiq izlanmoqda. Va bunday tadqiqotlar tez orada özining ijobiy natijasini beradi, deb umid qilamiz.

Hozirgi kunda respublikamizda kasallikka çalinganlar soni 10 ming 982 nafarga, soğayganlar soni 6 ming 890 nafarga yetdi. Tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xodimlarining kasb malakasi va jasorati, huquq-tartibot idoralari xodimlarining fidoyiligi, şuningdek, karantin davridagi qatʼiy intizom mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni nisbatan barqaror saqlaş imkonini bermoqda.

Lekin bu xotirjamlikka beriliş, bu masalaga yengil-yelpi qaraş uçun asos bölmasligi kerak. Çunki iyul oyining birinçi haftasida bemorlar soni 2 ming 167 nafarga köpaygan. Şundan 1 ming 267 ta (58%) holat aholi orasida aniqlangan. Bu karantin davridagi eng yuqori körsatkiçdir. Afsuski, bemorlar orasida ölim soni ham ortib bormoqda. Bu barçamizni jiddiy taşvişga solişi şart.

Biz mamlakatimizda koronavirus aniqlangan kundan boşlab qayta-qayta taʼkidlab kelmoqdamiz: bu juda murakkab sinov va oğir kuraş böladi. Bu kuraşda köp narsa özimizga, aql bilan harakatimizga, sabr-toqatimizga temir intizom bilan, qatʼiyat va jipslikda iş körişimizga boğliq. Lekin, ming afsuski, aholi örtasida köpçilik mana şu talablarga töla amal qilmayapti.

Ayniqsa, tibbiy niqob taqmaslik yoki uni nomiga taqiş, sanitariya-gigiyena qoidalarini buziş, özaro qöl berib körişiş, ijtimoiy masofani saqlamaslik, zaruratsiz oilaviy tadbirlarni ötkaziş holatlari kun sayin köpaymoqda. Joylarda “yaşil”, “sariq” va “qizil” hudud tamoyili töliq işlamayapti.

Biz bu borada ahvolni özgartiriş uçun avvalo jamoatçilik nazoratini kuçaytirişimiz kerak. Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, Respublika komissiyasi viloyat, şahar, tumanlar hokimlari hamda sektor rahbarlari bilan birga pandemiyani jilovlaş böyiça barça çoralarni körişi şart.

Tegişli rahbarlar öziga biriktirilgan har bir viloyat kesimida aholining belgilangan çeklovlarga qatʼiy amal qilişi va karantin talablari bajarilişi ustidan, joyiga çiqqan holda, nazorat örnatsin.

Albatta, biz qöşni davlatlarda maʼlum sabablarga köra qolib ketgan Özbekiston fuqarolarini mamlakatimizga qaytariş böyiça ham tegişli çora-tadbirlarni köramiz. Biroq yurtdoşlarimizga murojaat qilib yana bir bor taʼkidlamoqçiman: butun dunyoda ming-minglab odamlarning ölimiga sabab bölayotgan bunday xatarli ofatga aslo beparvo va yengil qarab bölmaydi.

Kasallikning biror-bir kiçik belgisini özingizda sezdingizmi, darhol şifokorga murojaat qiling. Özingizça uyda davolanmang. Bu oğir oqibatlarga olib kelişi, va nihoyat ölim bilan tugaşi mumkin. Özingizga va oila aʼzolaringizga nisbatan beparvo va befarq bölmang!

Xalqimiz, oilamiz va farzandlarimiz salomatligi va hayoti biz uçun eng uluğ boylik ekan, bu öta muhim masalada befarq bölib, karantin talablarini buzişga heç kimning haqqi yöq. Buni heç kim, avvalo, barça rahbar va mutasaddilar heç qaçon unutmasligi şart.

Bugungi murakkab vaziyatda barçamiz “Öz soğliğingni, öz bolangni, öz oilangni özing asra!” degan şiorga amal qilib yaşaşimiz şart.

×