“Picodi.com” tahlil bölimi dunyoning turli mamlakatlarida örtaça iş haqiga qança litr benzin sotib oliş mumkinligini aniqladi, deb yozmoqda Spot.
Ekspertlar 2023 yilning birinçi yarmida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida benzin narxlarini tahlil qildi. Unga köra, iyun oyida yonilği narxi yil boşiga nisbatan 5 foizga oşdi. Benzin eng köp Armaniston va Turkiyada qimmatlagan — mos ravişda 18 va 16 foiz. Gruziyada benzin 13,2 foizga, Qirğizistonda esa 7,1 foizga arzonlagan.
2023 yilning birinçi yarmida Özbekistonda benzin narxi 0,6 foizga — bir litri 0,96 dollargaça (deyarli 11 ming söm) pasaydi.
Özbekistonda aholi 314 dollar örtaça maoşga 328 litr benzin sotib olişi mumkin. 2019 yilga nisbatan özbekistonliklarning xarid qobiliyati uçdan bir qismdan köproqqa ösdi — bunga aholi real daromadlarining ösişi yordam berdi.

Natijada Özbekiston eng arzon benzinga ega davlatlar röyxatida qoldi. Benzinni bundan arzonroq faqat Qozoğiston (litri uçun 0,49 dollar), Rossiya (0,63 dollar), Qirğiziston (0,7 dollar) va Belarusda (0,94 dollar) sotib oliş mumkin. Eng qimmat benzin Frantsiya, Gretsiya va Finlyandiyada qayd etildi.
Benzin indeksining mutlaq yetakçisi Şveytsariya bölib, uning aholisi 3000 litrdan ortiq yonilği sotib oliş imkoniga ega. Undan keyingi örinlarda Lyuksemburg (2413 litr) va Daniya (2033 litr).
Eng yomon benzin indeksiga ega mamlakatlar esa Pokiston (örtaça iş haqi uçun 166 litr), Şri-Lanka (157 litr) va Kuba (27 litr) böldi.









