2021 yilning dastlabki 11 oyida Özbekistonga qiymati 115,3 mln AQŞ dollariga teng bölgan 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, avtomobil benzini importi 2020 yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oşgan.
Özbekistonga avtomobil benzini asosan Rossiya, Turkmaniston va Qozoğistondan import qilingan. Şuningdek, Iroq va Erondan ham mamlakatga benzin olib kelingan.
• Rossiya – 145,3 mln litr
• Turkmaniston – 141,2 mln litr
• Qozoğiston – 16 mln litr
• Iroq – 3,6 mln litr
• Eron – 1,8 mln litr
Qayd etiş kerak, Özbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod avtomobil benzini işlab çiqarilgan.









