Özbekistonda aholining örtaça umr köriş davomiyligi 2025 yilda 75,4 yoşni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.
Statistikaga köra, mustaqillikning ilk yillarida Özbekistonda örtaça umr köriş davomiyligi 66,4 yoş bölgan. Keyingi yillarda bu körsatkiç bosqiçma-bosqiç ösib, 2000 yilda 70,8 yoşga, 2010 yilda 73 yoşga, 2015 yilda esa 73,6 yoşga yetgan.
2020 yilda pandemiya davrida örtaça umr köriş davomiyligi 73,4 yoşni taşkil etgan bölsa, keyingi yillarda yana ösiş kuzatildi. Xususan, 2024 yilda bu körsatkiç 75,1 yoşga, 2025 yilda esa 75,4 yoşga yetdi.
Mutaxassislar umr köriş davomiyligining oşişini soğliqni saqlaş tizimidagi islohotlar, tibbiy xizmatlar sifati va qamrovining kengayişi, profilaktik tadbirlarning kuçaytirilişi hamda aholining turmuş şaroiti yaxşilanib borayotgani bilan izohlaydi.
Örtaça umr köriş davomiyligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi va soğliqni saqlaş tizimi samaradorligini aks ettiruvçi muhim demografik körsatkiçlardan biri hisoblanadi.









