Qaşqadaryoda 40 dan ziyod eçkiemarni öldirib, terisini şilgan brakoner uşlandi

Qaşqadaryoda 40 dan ziyod eçkiemarni öldirib, terisini şilgan brakoner uşlandi

Qaşqadaryo viloyatida 43 boş Qizil kitobga kiritilgan böz eçkiemarni öldirib, sotiş maqsadida terisini şilgan brakoner uşlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga köra, joriy yilning 14 iyun kuni viloyat Ekologiya boşqarmasi hamda Kasbi tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida brokonerlikka qarşi kuraşiş maqsadida nazorat tadbiri ötkazilgan.

Tadbir davomida “Kasbi” MFYning Obod mahalla köçasida yaşovçi fuqaro M.I. xonadonida Özbekiston Qizil kitobi hamda CITES Konventsiyasining 1-ilovasiga kiritilgan böz eçkiemarlarni tutqunlikda saqlab kelgani aniqlangan.

Şuningdek, M.I. uzoq vaqtdan buyon bu turdagi jonivorlarni söyib, terisini sotiş maqsadida quritib kelgani maʼlum bölgan. 

Tezkor tadbir davomida fuqaroning uyidan 20 boş tutqunlikda saqlanayotgan eçkiemar va 43 ta şilib, quritilgan eçkiemar terisi topilgan va aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi, “Ekologik nazorat töğrisida”gi qonunining 25-moddasi, “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunining 47, 49, 50-moddalari, “Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisidagi qonunining 51, 53-moddalari va Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlarida körsatilgan talablariga asosan huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311 million 850 ming söm zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.

Tirik jonivorlar özining yaşaş muhiti hisoblangan Muborak tumanidagi çöl hududlariga qöyib yuborilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


×