10 ming dollardan ziyod qalbaki pulni sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

10 ming dollardan ziyod qalbaki pulni sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Toşkent şahrida 10 250 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki pulni 7 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro A.V. 10 250 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki banknotlarni fuqaro R.Z.ga 7 ming dollarga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×