Navoiy viloyatida APK fayllar tarqatib, odamlarning 2 mlrd pulini ömargan şaxs uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, fuqaro turmuş örtoğiga tegişli bölgan bank plastik kartasidan 22 million söm pullar sirli ravişda ğoyib bölgani haqida Içki işlar organlariga murojaat qilgan.
Tezkor tadbirlar davomida bu şaxs 2004 yilda tuğilgan sirdaryolik yigit ekanligi, fuqarolarga Paynet tölov tizimida doimiy daromad manbaiga ega bölişi haqidagi yolğon xabarlarni tarqatgan. U turli viloyatlarda yaşovçi 9 nafar şaxslarni şartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorga aylantirgan.
Ularning hisoblaridan foydalanib, APK virusli ilovadan zararlangan fuqarolarning bank kartalaridan pullarini yeçib olib, har bir tranzaktsiya uçun 5-7 foiz uluş olib turgan.
Tezkor qidiruv tadbirida Navoiy viloyat Içki işlar boşqarmasi, axborot-texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan qonunbuzar qölga olinib, sodir etilgan 121 ta kiber jinoyatlar foş etilgan.
Uşbu şaxs şu kunga qadar Telegram’da virusli ilovani tarqatiş orqali Navoiy viloyatida, qolaversa, respublikaning boşqa hududlarida yaşovçi jami 201 nafar fuqarolarning bank kartalarida mavjud bölgan umumiy hisobdagi 2 milliard sömdan ortiq miqdordagi pul mablağlarini yaşirin ravişda talon-taroj qilgan. Qölga kiritgan pul mablağlarini özining ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
Uşbu şaxsga nisbatan hozirgi kunda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzda ehtiyot çorasi qöllanilgan.









