Qaşqadaryoda ayol erini öldirib qöydi

Qaşqadaryoda ayol erini öldirib qöydi

Joriy yilning 5 dekabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida er-xotinning janjali qotillik bilan yakunlandi. Özaro mojaro vaqtida ayol erini öldirib qöydi. Bu haqda viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Koson tumani “Qorabayir” MFYda yaşovçi E.J. 5 dekabr kuni soat 18:00 larda mast holatda turmuş örtoği M.X.ni haqoratlab, urib-tepib, tomoq sohasidan böğgan. Çorasiz qolgan ayol erini qölidan çiqişga har qança harakat qilmasin, kuçi yetmaganligi sababli oxirgi çora sifatida yonida supadagi savat ustida turgan oşxona piçoğini olib, zaruriy mudofaa çegarasidan çetga çiqib, turmuş örtoğining çap qöltiq osti sohasiga bir marta sançib olgan.

Oqibatda M.X. olgan oğir tan jarohati tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×