Yapon olimlari inson hayoti davomida uçinçi marta tabiiy tişlarga ega bölişi uçun kaşfiyot ustida iş olib bormoqda. Bu haqda “Newsyou” naşri xabar berdi.
Inson hayoti davomida biologik jarayon natijasida ikki marotaba tabiiy tişlarga ega böladi. Biroq Yaponiya tadqiqot guruhi odamlarga yangi tişlarni östirişga imkon beradigan dori işlab çiqarişda muvaffaqiyatga erişdi.
“Yangi tişlarni östiriş ğoyasi har bir tiş şifokorining orzusidir. Men aspirant bölganimda bu ustida işlaganman. Men buni qila olişimga amin edim”, dedi tadqiqot guruhi rahbari Katsu Takaxaşi.
Yapon olimlari öz tadqiqotlarida maʼlum bir genni kaşf qildi. USAG-1 deb nomlangan uşbu gen oqsilni sintez qiladi va bu tişlarning ösiş jarayonini çeklaydi. Tadqiqot guruhi oqsil funktsiyasini blokirovka qila oladigan neytrallaştiruvçi antikorni işlab çiqdi. 2018 yilda ötkazilgan tajribalarda tişlari juda kam bölgan siçqonlarga dorilar berildi, natijada ular yangi tişlarga ega böldi. Preparat sassiqközanlarda sinab körilganda esa, old tişlar orasida bir xil şakldagi yangi 7 ta tiş ösib çiqqan. Şu sababli olimlar dori uçinçi avlod tişlarining şakllanişiga olib kelgan, deya xulosa qildi.

Hozirda preparatni insonlarda sinab köriş böyiça işlar olib borilmoqda. Uning tanaga zararli taʼsir körsatmasligi tasdiqlangandan söng, u anodontiya – tişlarning töliq bölmasligi bilan oğrigan 2 yoşdan 6 yoşgaça bölgan bolalarni davolaşda işlatiladi.
Tajribalar muvaffaqiyatli yakunlansa, odamlar protezlardan xalos böliş imkoniyatiga ega böladi. Bu sut va oziq tişlaridan söng uçinçi tişlar töplami hisoblanadi.
Preparatning klinik sinovlari 2024 yil iyul oyida boşlanişi rejalaştirilgan.









