Avstraliyalik tadqiqotçilar ilgari nomaʼlum bölgan 71 ta yangi mahalliy asalari turini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Australian Journal of Taxonomy” jurnalida eʼlon qilindi.
Tadqiqotga köra, ular Megachile (Austrochile) guruhiga mansub bölib, odatda “qatronli ğor asalari” deb ataladi. Bu asalarilar Tasmaniya orolidan taşqari Avstraliyaning barça ştat va hududlarida uçraydi va qatron moddasidan yasalgan kiçik “ğorçalarda” nasl qoldirişi bilan maşhur.
Tadqiqot mualliflaridan biri, Janubiy Avstraliya muzeyining doktori Remko Laysning aytişiça, ilgari bu guruhga atigi 7 tur kiradi, deb hisoblangan. 1992 yilda Kvinslend muzeyidan Judit King magistrlik işida yana 18 ta tur qöşgan.
Sönggi yillarda olib borilgan ekspeditsiyalar, xususan, Bush Blitz dasturi doirasidagi ekspeditsiyalar – Avstraliya hukumati, BHP Billiton va Earth Watch Australia hamkorligidagi loyiha yana 23 ta yangi turni aniqlagan. Şuningdek, muzey kollektsiyalarining taqqoslama tahlili natijasida yillar davomida hujjatga olinmagan 20 ta yangi tur aniqlangan.
“Bu entomologik kollektsiyalar yaşirin ilmiy kaşfiyotlar ombori sifatida qanday katta ahamiyatga ega ekanini körsatadi”, deydi doktor Lays.
Adelaida universiteti olimi Katiya Xogendoornning aytişiça, asalarilar qişloq xöjaligi va yovvoyi ösimliklarning çanglanişida muhim rol öynaşiga qaramay, Avstraliya asalari faunasi hali yetarliça örganilmagan.
“Avstraliyadagi asalari turlarining taxminan uçdan biri hali ham ilmiy jihatdan tavsiflanmagan. Moliyalaştiriş yetişmasligi sabab biz qaysi turlar yöqoliş xavfi ostida ekanini ham aniqlay olmayapmiz. Balki biz hali mavjudligidan ham bexabar bölgan turlarni yöqotayotgandirmiz”, deydi u.
Mazkur kaşfiyot bilan “qatronli ğorça asalarilar”ning maʼlum turlari soni 7 tadan 78 tagaça oşgan. Ulardan deyarli yarmi faqat bitta geografik nuqtada aniqlangani sababli mahalliy ekologik özgarişlarga nisbatan juda sezgir hisoblanadi.
“Köpçilik yangi turlar juda tor tarqaliş maydoniga ega bölişi mumkin. Ammo ularning soni yoki tahdid darajasi haqida aniq xulosa qiliş uçun maʼlumot yetarli emas”, deydi Vullongong universiteti olimi Jeyms Dori.









