Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bölajak prezidentlik saylovlarida öz nomzodini ilgari surişini maʼlum qildi. Bu haqda uning özi Izmirdagi nutqi davomida maʼlum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Turkiyada navbatdagi umumiy saylovlar – ham prezidentlik, ham parlament saylovlari – 2023 yilning iyun oyida bölib ötadi.
“Men "Xalq alyansi" nomzodiman, saylovlar kelasi yilning iyun oyida böladi”, deydi Erdöğan nutqi davomida.
Avvalroq, hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi (ATP) va Milliy harakat partiyasi (MHP) “Xalq alyansi”ni tuzgan edi.
“Prezidentlikka nomzodimiz aniq, bu Rajab Toyib Erdöğan. 2023 yil iyun oyida bölib ötadigan saylovlarda janob Erdöğanning katta farq bilan ğalaba qozonişiga işonaman, “Xalq alyansi” ham yana bir ğalaba qozonadi”, degan alyans tarkibiga kiruvçi "Milliy harakat" partiyasi rahbari Devlet Baxçeli.
Baʼzi doiralar, Prezident Erdöğanning endi nomzod bölmasligi haqidagi “duşmanlikka yöğrilgan qora propaganda”ni allaqaçon boşlaganini taʼkidlagan Baxçeli, bu daʼvoning qonuniy va konstitutsiyaviy asosi hamda obʼektiv haqiqatga ega emasligini qöşimça qildi.
“Erdöğan prezidentlik tizimining birinçi Prezidenti va uning yana nomzod bölişi uçun heç qanday tösiq yöq. Prezidentning kamida uç muddatga saylanişi uçun zarur huquqiy tayyorgarlikni amalga oşiriş uçun qölimizdan kelganini qilamiz va bunga erişamiz”, deb qöşimça qildi Baxçeli.
Toyib Erdöğan 2003 yildan beri hokimiyat tepasida. U 2014 yilgaça Boş vazir bölgan. 2014 yil avgustida Erdöğan 51,8 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozondi (mamlakatdagi birinçi töğridan-töğri prezidentlik saylovi).
2018 yilda bölib ötgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarida Erdöğan prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçida 52,5 foiz saylovçining ovozi bilan ğalaba qozongan edi.









