Deputat Doniyor Ğaniyev tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda “svet” uçun belgilangan ijtimoiy normani oşirişni söradi

Deputat Doniyor Ğaniyev tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda “svet” uçun belgilangan ijtimoiy normani oşirişni söradi

Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi deputat Doniyor Ğaniyev qiş mavsumida tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda elektr energiyasi uçun belgilangan ijtimoiy norma miqdorini oşiriş masalasini kötardi. 

“Joylarda ijtimoiy norma doirasida baʼzi bir eʼtirozlar bölyapti. Eng katta eʼtiroz – ijtimoiy normada tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlardagi fuqarolarning ehtiyojlari inobatga olmagan. Çunki biz bilamiz, köp joylarda tabiiy gaz bor, şuning uçun qişda uy isitilganda elektr energiyasi köp isteʼmol qilinmaydi. Baʼzi hududlar bor, afsuski, tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan. Ular qiş davomida isitişda elektrdan foydalanadi. Bu notöğri, lekin ularning boşqa tanlovi yöq”, — deydi deputat.

Doniyor Ğaniyev tabiiy gaz bormagan hududlarda ötin va kömirdan foydalaniş imkoniyati bölmasligini aytdi. 

“Şuning uçun elektrdan asosiy isitiş vositasi sifatida foydalaniladi. Ularga qiş davomida tölovlar juda köp bölişini hozirdan hisoblaş mumkin. Şuning uçun, hukumatni siz orqali eʼtiborini qaratmoqçi edimki, mana şu qaror doirasida ijtimoiy normani aynan qiş davomida uyini isitiş uçun tabiiy gaz bilan yoki boşqa bir alternativ metod bilan taʼminlanmagan fuqarolarga kengaytiriş, ayni mavsum davomida kattaroq qiliş masalasini körib çiqilsa yuz minglab fuqarolarning oğiri yengil bölardi”, — degan Ğaniyev.

Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov xonadonlarning uçdan bir qismida tabiiy gaz yöqligini qayd etib, bu masala ustida iş olib borilişini aytdi.

Teglar:
×