Asosiy dori vositalarining yangilangan röyxati eʼlon qilindi

Asosiy dori vositalarining yangilangan röyxati eʼlon qilindi

Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan yangilangan asosiy dori vositalari röyxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Özbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari röyxati (ADVR)ni tuziş böyiça yöriqnomaga muvofiq respublika hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflaş asosida şakllantiriladi.

Mazkur röyxatdan:

  • tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilişda;
  • xaridlarni oqilona taşkil etiş va dori vositalarini taqsimlaşda;
  • xodimlarni uni töğri qöllaşga örgatişda;
  • mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari işlab çiqarilişini rağbatlantirişda; 
  • asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qiliş va narxini şakllantirişda foydalaniladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va çiqarilgan şakli körsatilgan holda ADVR'ga kiritiladi. 

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bölmagan taqdirda, uning örnini bosuvçi nom yoki tarkib körsatiladi.

Yangi röyxatda 65 guruhga mansub dori vositalari örin egallagan. Batafsil bu manzilda tanişişingiz mumkin.


×