Bir haftalik jimlikdan söng “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojinning audioyozuvi yana tarqaldi. Audioxabar keça, 3 iyul kuni “Vagner”ga yaqin “Grey Zone” Telegram-kanalida eʼlon qilindi.
“Bugun biz har qaçongidan ham köproq sizning yordamingizga muhtojmiz. Buning uçun rahmat. “Adolat yurişimiz” sotqinlarga qarşi kuraşiş, jamiyatimizni safarbar qilişga qaratilganini tuşunişingizni istardim. Öylaymanki, biz bu borada köp narsaga erişdik”, degan “Vagner” rahbari.
Şuningdek, Prigojin yaqin kelajakda hamma “Vagner”ning navbatdagi ğalabalarini frontda körişiga işonç bildirgan. Biroq u xususiy kompaniyaning kelajakdagi rejalari va qayerda ekani haqida maʼlumot bermagan.
Eslatib ötamiz, şu yilning 26 iyun kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin özining “adolat marşi” tugaganidan beri birinçi marta matbuotga bayonot bergandi. Uning matbuot xizmati Telegram kanaliga 11 daqiqalik audioyozuvni joyladi. Ovozli xabarda Prigojin mamlakatda hukumatni ağdarmoqçi emasligini taʼkidladi.









