Tramp Oq uy tomiga çiqdi

Tramp Oq uy tomiga çiqdi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 5 avgust kuni kutilmaganda Oq uy tomiga çiqdi. U kelajakdagi quriliş işlarini közdan keçirmoqçi böldi, deb taxmin qilinmoqda.

Pastda turgan matbuot vakillari ança uzoqdan tepada nima bölayotganini anglaşga urindi.

“Janob Prezident, u yerda nima qilyapsiz?” deb baqirdi kimdir.
“Şunçaki ozgina sayr qilyapman”, deb javob berdi u yuqoridan.
“Nima qurilyapti u yerda?”
“Bu narigi tomonda joylaşadigan bal zali bilan boğliq”, dedi u.

Jurnalistlar yana söraganda, Tramp qöllari bilan işora qilib: “Çiroyli bir narsa”, dedi.

Tramp yaqinda eʼlon qilingan 200 million dollarlik bal zali loyihasi arxitektori Jeyms MakKreri hamrohligida kiçik guruh bilan yurdi. Ular sekin harakatlanar, Tramp tom va hovliga tez-tez işora qilib, qöllari bilan nimalarnidir körsatardi. Bir neça marta u matbuot guruhiga yaqin burçakka yönalib, qöl silkib, qöllarini oğziga tutib, baqirgança savollarga javob berdi.

“Bu mening pullarimni sarflaşning yana bir yöli, mamlakat uçun pul sarflaşning yana bir yöli. Qanday iş qilmay, hammasini özim moliyalaştiraman”, deb urğu berdi u.

Undan qöşimça bino yoki ikkinçi qavat haqida öylayapsizmi deb söraşganda, javob berişdan boş tortdi.

Keyin Tramp bir neça daqiqaga kameradan taşqariga çiqdi — ehtimol, Janubiy Maydonni közdan keçirmoqçi bölgan. U qaytib kelganida, jurnalistlar yana savollar yoğdirişdi.

“Nima qurmoqçisiz özi?” deb baqirdi kimdir.
“Raketalar. Yadroviy raketalar” dedi Tramp, ehtimol hazil qilib va raketa uçirilişini taqlid qilgança.

Söngra u Ğazo haqidagi savolni eʼtiborsiz qoldirib, binoga kirib ketdi.

Tomdagi kutilmagan bu sayr Trampning “Xalq uyi” deb ataluvçi Oq uyda öziga xos iz qoldiriş istagi bilan boğliqdir. U Oval ofisni qayta bezatdi – unga oltin bezaklar, fariştalar, Prezident portretlari va boşqa buyumlar qöşildi. Şuningdek, şimoliy va janubiy maydonlarga katta bayroq ustunlari örnatilib, ularda Amerika bayroği hilpirab turibdi. Ötgan haftada esa maʼmuriyati sentyabr oyida ulkan bal zali qurilişi boşlanişini va u Trampning prezidentlik muddati 2029 yil boşida tugaşidan avval tayyor bölişini eʼlon qildi. Tramp Ğarbiy qanotda paydo bölgan bölsa-da, Oq uy maʼlum qilişiça, bal zali “hozirgi kunda ança özgargan va qayta qurilgan Şarqiy qanot” joylaşgan yerda quriladi.

Garçi bu holat kam uçrasa-da, tarixda baʼzi prezidentlar Oq uy tomiga çiqqan, hatto u yerda uxlagan holatlar ham bölgan. Masalan, 1970 yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini tarğib qiliş maqsadida prezident Jimmi Karter Ğarbiy qanot tomiga 32 ta quyoş panelini örnatgan. Ular keyinçalik Reygan maʼmuriyati davrida olib taşlangan. 1910 yilda prezident Uilyam Govard Taft yozning issiq keçalaridan qoçiş uçun tomda uxlaşga möljallangan ayvon qurdirgan edi.


×