Toşkentda avtobusda yonğin çiqdi

Toşkentda avtobusda yonğin çiqdi

Joriy yilning 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Toşkentda avtobusda yonğin çiqdi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Joriy yilning 22 dekabr kuni soat 14:50 larda, Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Bobur köçasida, haydovçi, 1991 yilda tuğilgan Z.S. 12-sonli avtobus saroyiga tegişli bölgan, 01 159 FCA davlat raqam belgili, yölovçi taşuvçi avtobusni 47-yönalişda boşqarib ketayotgan vaqtida, avtobusning dvigatel qismida yonğin yuzaga kelgan.

Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohati olganlar yöq.

Mazkur hodisa yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilib, yonğin yuzaga keliş sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

×