Kim Çen In tahdidli çaqiriq bilan çiqdi

Kim Çen In tahdidli çaqiriq bilan çiqdi

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In yadroviy taktik qurollarni ommaviy işlab çiqarişga çaqirdi.

Bu haqda Reuters agentligi Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga köra, Şimoliy Koreya yetakçisi jangovar yadro kallaklari sonini köpaytirişga çaqirgan.

Jumladan, Kim Çen In yadroviy qarşi hujum uçun ballistik raketa yaratişni buyurdi. Şuningdek, u 600 mm kalibrli bir neçta raketa tizimlari (MLRS) yaratilişini eʼlon qildi.

Bunda butun Janubiy Koreya hududiga zarba beriş imkoni paydo böladi, deyiladi agentlik xabarida. 

KXDR rahbarining qöşimça qilişiça, Pxenyan yaqin orada harbiy sunʼiy yöldoş uçiradi.


×