«PSJ» Zidan bilan aloqaga çiqdi

«PSJ» Zidan bilan aloqaga çiqdi

Frantsiyaning «PSJ» klubi jamoa boş murabbiyini özgartiriş masalasini körib çiqmoqda.

Rahbatiyatning Maurisio Poçettino bilan munosabatlari yaxşi emas. Sönggi voqealarni hisobga olgan holda klub argentinalik mutaxassisga örinbosar qidirişni boşlab yuborgan.Gap şundaki, murabbiyning özi ham «Mançester Yunayted»ga ötiş niyatida. Mutaxassis özi işlayotgan jamoaning strategik rivojlanişiga köproq taʼsir ötkazmoqçi. Mahalliy «Le Parisien» gazetasining yozişiça, Parij grandi kelajakdagi hamkorlik böyiça Zinedin Zidan bilan boğlanişgan.Şunisi eʼtiborga loyiqki, Italiyaning «Footmercato» naşri jurnalistlari Poçettinoning jamoadan ketişi mumkinligi haqida guvohlik berişmoqda. «PSJ» xöjayinlari mutaxassisdan futbolçilar körsatmaydigan hujumkor futbolni talab qilişmoqda. Şuning uçun murabbiy şartnoma muddati tugagunga qadar işdan böşatilişi mumkin.Eslatib ötamiz, argentinalik mutaxassisning Parij klubi bilan şartnomasi 2022 yilda yakuniga yetadi.

×