Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga aʼzo davlatlarga 24 iyun kuni mamlakatda isyon kötarişga uriniş paytida Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilişda körsatgan yordami uçun minnatdorlik bildirdi.
Vladimir Putin keça, 4 iyul kuni ŞHT sammitidagi onlayn formatdagi nutqi çoğida Rossiya tomoni taşkilotga aʼzo davlatlarning pozitsiyasini yuqori baholaşini va ular bilan aloqalarni yanada çuqurlaştiriş niyatida ekanini taʼkidladi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining sözlariga köra, ŞHTga aʼzo bölgan davlatlarning munosabatlari tobora köp qirrali va mustahkam bölib bormoqda.
Prigojinning bir kunlik isyoni
Joriy yilning 24 iyun kuni “Vagner” jangçilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug ştab-kvartirasini egallab oldi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topşirilişini talab qilib, Moskvaga borişini eʼlon qildi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarşi jinoiy iş qözğatdi. Keçga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelişilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani maʼlum böldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli harakatlarni töxtatiş va keskinlikni yumşatiş töğrisida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qöşinlari ortga qaytarilganini maʼlum qildi.









