Prigojin nega Moskvaga hujum qilmoqçi bölganini aytdi

Prigojin nega Moskvaga hujum qilmoqçi bölganini aytdi

«Vagner» qurolli taşkiloti rahbari Yevgeniy Prigojin deyarli 48 soat içida birinçi marta öz Telegram kanalida uzoq (10 daqiqadan köproq) ovozli xabar körinişida xabar qoldirdi.

U «vagnerçilar»ning yuqori tayyorgarlik darajasini batafsil tasvirlab bergan va Rossiya armiyasining samolyotlari va vertolyotlarini urib tuşiriş faktlarini tan olgan.

Prigojin öz harakatidan maqsad va uning yakunini quyidagiça taʼriflaydi: «Biz hujumçi otryad Moskvaga yaqinlaşganda töxtadik, tevarak-atrofni razvedka qildik va şu payt qon tökilişi ehtimoli maʼlum böldi.

Şuning uçun biz şuning özi yetarli deb hisobladik. Orqaga qaytiş qarori ortida ikkita eng muhim omil bor edi: birinçisi - biz rus qonini tökişni xohlamadik, ikkinçisi - biz mamlakatda hukumatni ağdariş uçun emas, balki öz noroziligimizni namoyiş qiliş uçun bordik».

Şu bilan birga, Prigojin qayerda ekanligi haqida heç narsa demadi.

Avvalroq Prigojin isyondan söng ğoyib bölgani va aloqaga çiqmayotgani xabar berilgandi. 


Teglar:
×