Putin “Vagner” komandirlari va Prigojin bilan uçraşuvi tafsilotlarini aytib berdi

Putin “Vagner” komandirlari va Prigojin bilan uçraşuvi tafsilotlarini aytib berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 iyun kuni “Vagner” bilan uçraşuvda kompaniya komandirlariga “iş bilan taʼminlaşning bir qança variantlarini” taklif qilganini aytdi. Bu haqda u “Kommersant” muxbiri Andrey Kolesnikovga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Ular bilan uçraşuvda bir tomondan jang maydonida qilgan işlariga baho berdim, ikkinçi tomondan, 24 iyun voqealari çoğidagi qilmişlariga. Uçinçidan, buyoğiga xizmat körsatişi mumkin bölgan variantlarini körsatdim, şu jumladan, jangovar harakatlarda. Hammasi şu”, — dedi Rossiya prezidenti.

Uning tuşuntirişiça, “Vagner” komandirlariga “barçasi bir joyda töplanib, xizmatni davom ettiriş” taklif qilingan va “ular uçun heç narsa özgarmasligi” aytilgan.

“Bularni aytganimda köpçilik boş irğadi. Old qatorda ötirgan va buni körmagan Prigojin esa ‘Yöq, yigitlar bunday qarorga rozi emas’ deb aytdi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Kolesnikov Putindan “Vagner” jangovar bölinma sifatida saqlanib qoladimi, deb söradi. Bunga javoban Rossiya prezidenti “Vagner” mavjud emasligi, çunki Rossiyada xususiy harbiy taşkilotlar töğrisida qonun yöqligini aytdi.

“Bizda xususiy harbiy taşkilotlar töğrisida qonun yöq! Şunçaki mavjud emas! Guruh bor, lekin yuridik jihatdan u mavjud emas! Bu haqiqiy qonuniylaştiriş bilan boğliq alohida masala. Ammo bu oddiy emas, Davlat Dumasida, hukumatda muhokama qilinişi kerak bölgan masala”, — deb qöşimça qildi Putin.

Isyondan keyin Yevgeniy Prigojin va “Vagner” komandirlari Putin bilan uçraşgani haqida Frantsiyaning Liberation gazetasi xabar bergandi. Keyinçalik bu maʼlumotni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi. Frantsuz naşrining yozişiça, uçraşuvda Rossiya gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov va Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin ham iştirok etgan.

Putinning Prigojin va “Vagner” bilan uçraşuvi kuni — 29 iyunda Peskov jurnalistlarga “Vagner” asosçisi qayerdaligini bilmasligini aytgandi.


×