Respekt! Prezident şaxsan masjidga keldi va musulmonlarga rahmat aytdi

Respekt! Prezident şaxsan masjidga keldi va musulmonlarga rahmat aytdi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer mahalliy musulmonlarga dalda beriş uçun Pentsber şahridagi masjidga keldi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.  

Masjid imom Benjamin Idris va boşqa musulmonlar bilan suhbatlaşgan prezident şunday dedi: “Jamiyatimizda qutblaşiş va nafrat ortgan bir paytda diniy bağrikenglik juda muhim”. 

Imom Germaniya prezidentiga azonni tarjima qilib berdi va masjidni körsatdi. Öz navbatida Ştaynmayer masjid jamoatining dinlararo muloqotni yölga qöyiş yölidagi saʼy-harakatlari uçun minnatdorçilik bildirdi. 

Oxirgi paytda Germaniyada musulmonlarga va masjidlarga qarşi hujum ortgani kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda mamlakat böylab musulmonlarga qarşi 813 ta jinoyat qayd etildi. 

×