Ukraina rasmiylari Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Bernsning maxfiy taşrifi çoğida unga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytariş rejasini taqdim etdi. Bu haqda Ukraina va AQŞdagi rasmiy manbalarga tayanib, The Washington Post xabar bermoqda.
Jurnalistlarning fikriça, 2023 yilning kuziga qadar ukrainalik harbiylar bosib olingan hududlarning salmoqli qismini qaytarmoqçi, raketa tizimlari va artilleriyasini Qrim çegarasigaça olib bormoqçi, Ukraina şarqida uzoqroqqa siljib, keyin esa Moskva bilan muzokaralarni boşlamoqçi.
"Rossiya özini xavf ostida his qilgan taqdirdagina muzokaralar olib boradi", — deya iqtibos keltirgan gazeta.
Şuningdek, naşrning qöşimça qilişiça, Bernsning ilgari xabar qilinmagan safari Ukraina Qurolli kuçlarining qarşi hujumi boşlanganidan keyin sodir bölgan.
Uning asosiy maqsadi AQŞ prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining Ukrainaga yordam beriş uçun Kiyev bilan razvedka maʼlumotlarini almaşişni davom ettiriş niyatini tasdiqlaş bölgan.









