Rossiya Prezidenti Vladimir Putin axborot pufagida qolmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida şunday fikr bildirdi.
“Putin axborot pufagida, u özi boşlagan uruşni özi tugatişi mumkin”, deb hisoblaydi Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning qöşimça qilişiça, uni saylagan xalq kapitulyatsiya va ultimatumlarni tan olmaydi.
Ukraina rahbari Rossiya bilan hududiy masalalarni ham muhokama qiliş mumkinligini aytib ötgan.
Zelenskiyga Qrimni Rossiyaning bir qismi, DXR va LXRni mustaqil respublikalar sifatida tan oliş mumkinmi, degan savol berilgan.
"Biz Rossiyadan boşqa heç kim tan olmagan, vaqtinça bosib olingan hududlar va tan olinmagan respublikalar bilan boğliq masalalarni muhokama qilişimiz mumkin, bu soxta respublikalar, biz bu hududlarning kelajakdagi taqdiri böyiça murosa topişimiz mumkin. Men uçun eng muhimi, Ukraina tarkibida bölişni istovçi odamlar bu hududda qanday yaşaşidir. Ukrainada kim ularni qabul qilmoqçi? Şunday ekan, masala tan olişdan köra ança murakkabroq”, — dedi Zelenskiy.









