“Bloomberg” Rossiya Ukraina çegarasi yaqinida qöşinlarini töplaşda davom etmoqda

“Bloomberg” Rossiya Ukraina çegarasi yaqinida qöşinlarini töplaşda davom etmoqda

Rossiya Ukraina bilan çegara yaqinida harbiy texnika va qöşinlar yiğişda davom etmoqda. Bu haqda “Bloomberg” naşri “Janes” harbiy-razvedka kompaniyasi tomonidan örganilgan sunʼiy yöldoş suratlariga tayanib, xabar bermoqda.

Taʼkidlanişiça, joriy yilning noyabr oyidan boşlab çegara hududlariga tanklar, artilleriya qurollari va havo hujumidan mudofaa tizimlari keltirilgan. Rossiya Ukraina bilan çegaraga poyezd va samolyotlarda katta qöşinlar jönatib, oz vaqt içida salmoqli harbiy kuçlarni töplaşi mumkin.

Ukraina harbiylari maʼlumotlariga köra, Moskva allaqaçon 122 ming harbiyni Ukraina bilan çegaradan 200 kilometr uzoqlikda töplagan.

OAV esa Rossiya Ukraina yaqinida qöşinlarini töplagani va 2022 yil boşida mamlakatga bostirib kirişga tayyorlanayotgani haqida xabar bermoqda. Rossiya esa uşbu maʼlumotlarni rad etib, Ukrainadagi hujum haqidagi xabarlarni “quruq gaplar” deb atagan.

Eslatib ötamiz, ikki davlat örtasidagi çegara bilan boğliq jiddiy ziddiyatlar 2014 yil Ukrainaga qaraşli Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinişi ortidan alanga olgandi. 2013 yil ukrain xalqi, Prezident Yanukoviçni Rossiyaga sotilganlikda va Rossiya bosimi ostida ğarb bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarni uzişga urinayotgalikda ayblab, davlat töntarişi ötkazgandi. Norozilik aktsiyalari ötkazilişi ortidan mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida jiddiy tösiqlar vujudga kelgan.

Yevropa ommaviy axborot vositalari va AQŞ razvedkasi maʼlumotlariga köra, ayni vaqtda Rossiya özining Ğarbiy çegara hududida 175 ming askar töplamoqda. Xalqaro hamjamiyat esa buni Ukrainaga tahdid sifatida baholamoqda. Ayni vaqtda kun tartibida turgan uşbu masala, 7 dekabr kuni Putin va Bayden örtasida keçgan muloqotda ham muhokama qilindi.

Germaniyaning “Bild” gazetasi hatto Rossiya Ukrainaga bostirib kiriş uçun ikkita hujum rejasini işlab çiqqani haqida xabarlar tarqatdi. Nemis naşri hujum 2022 yil boşida amalga oşirilişiga işonç bildirgan.

×