Ukraina qöşinlari Qrim yaqinidagi bir neçta gaz va neft burğulaş platformalari ustidan nazoratni tikladi. Bu haqda Ukraina harbiy razvedkasi xabar berdi.
Aytilişiça, Kiyev qöşinlari “noyob operatsiya”da “Boyko minoralari” deb nomlanuvçi burğulaş platformalarini Rossiyadan qaytarib olgan.
Platformalar 2015 yildan beri Rossiya işğoli ostida bölgan va 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan beri Moskva tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanib kelingan.
“Ukraina uçun Boyko minoralari ustidan nazoratni tiklaş strategik ahamiyatga ega edi, buning natijasida Rossiya ulardan harbiy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini yöqotdi. Rossiya Qora dengizni töliq nazorat qiliş imkoniyatidan mahrum böldi va bu Ukrainani Qrimni qaytarişga yaqinlaştirmoqda”, deyiladi bayonotda.
Operatsiya davomida Ukraina maxsus kuçlari katerlari va Rossiya qiruvçisi örtasida töqnaşuv sodir bölgan. Qiruvçi şikastlangan va orqaga çekinişga majbur bölgan. Boş razvedka boşqarmasi boşqa “qimmatbaho sovrinlar” – vertolyotlar uçun öq-dorilar va Qora dengizdagi kemalar harakatini kuzatiş imkonini beruvçi radar tizimini – ham qölga kiritgan.
Maʼlumot uçun, 2014 yilda Rossiya Qrim yarimorolini bosib olişidan oldin Ukraina Qora dengiz şelfida tabiiy gazning muhim qismini işlab çiqargan va bu nafaqat Qrimni, balki Ukrainaning materik mintaqalarini ham gaz bilan taʼminlagandi.
Eslatib ötamiz, oldinroq Ukraina kuçlari Donetsk viloyatidagi Urojaynoye qişloğini, Zaporoje viloyatidagi Rabotino qişloğini va Baxmut yönalişida 3 kilometr kvadrat hududni ozod qilgandi.









