Ukraina Rossiya bilan muzokaraga tayyor — Xitoy TIV

Ukraina Rossiya bilan muzokaraga tayyor — Xitoy TIV

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Guançjouda xitoylik hamkasbi Van I bilan uçraşuvda Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda Xitoy TIV bayonotida xabar berildi.

Ukraina tomoni Rossiya tomoni bilan muloqot va muzokaralarga tayyor. Albatta, muzokaralar adolatli va mustahkam tinçlikka erişişga qaratilgan, oqilona va mazmunli bölişi kerak, deya Kuleba sözlaridan iqtibos keltirgan Xitoy TIV.

Ukraina uşbu xabarga va uning haqiqiyligiga izoh bermagan.

Xitoy TIV maʼlumotlariga köra, Kuleba Ukraina Xitoy va Braziliya 2024 yil may oyida taqdim etgan tinçlik rejasini “diqqat bilan örganganini” aytgan.



Reutersʼga köra, Kuleba va Van Yi örtasidagi muzokaralar uç soatdan ortiq davom etgan.

Rejalaştirilgandan uzoqroq. Bu juda çuqur va aniq suhbat böldi, deydi Ukraina delegatsiyasidagi suhbatdoşlardan biri.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Xitoy TIV xabarini şarhlar ekan, Moskva Kiyev bilan heç qaçon muzokaralardan boş tortmaganini aytgan.

Rossiya heç qaçon muzokaralardan boş tortmagan. U har doim ularga oçiq edi. Bu yerda biz hali bilmagan tafsilotlar muhim, biz qöşimça tuşuntirişlarni kutamiz, deya taʼkidlagan Kreml vakili.

Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba 23 iyul kuni amaliy taşrif bilan Xitoyga taşrif buyurgan edi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tinçlik muzokaralarini faqat vositaçilar orqali ötkazişi mumkinligini aytgan.

Teglar:
×