Özbekistonliklar hayotida 1 iyuldan nimalar özgardi?

Özbekistonliklar hayotida 1 iyuldan nimalar özgardi?

Bugun, 1 iyuldan boşlab Özbekistonda bir qança qarorlarda belgilangan tartiblar kuçga kirdi. QALAMPIR.UZ anʼanaga köra milliy qonunçilikdagi özgarişlar röyxatini taqdim etadi.

“Yaşil energiya” sertifikatini beriş boşlandi

Elektrning qayta tiklanuvçi manbalar asosida işlab çiqarilganini tasdiqlovçi “yaşil energiya” sertifikati tizimi “Özbekgidroenergo” AJdagi gidroelektr stantsiyalarida işlab çiqarilgan elektr uçun joriy etildi.

“Şaffof quriliş” axborot tizimi işga tuşdi

Bugundan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib beriş böyiça şartnomalar elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminoti yoxud “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi orqali tuziladi.

Ayrim vino mahsulotlariga aktsis markalar yopiştirilmaydi

Köpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlariga aktsiz markalari qöyilmaydi.

Davlat iştirokidagi korxonalar rahbarlari tanlov asosida tayinlanadi

Davlat iştirokidagi korxonalarning rahbari va uning örinbosarlarini tayinlaş (saylaş) tanlov asosida amalga oşiriladi, bundan Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Şuningdek, davlat organlari va muassasalari, davlat iştirokidagi korxonalar maʼmuriy binolaridan xodimlar uçun belgilangan meʼyordan kelib çiqib, samarali foydalaniş tartibi joriy etiladi.

Ayrim tezkor-qidiruvlarda ekspress tekşiriş texnik vositalari öşa joyning özida qöllaniladi

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar quyidagi holatlarda: 

  • giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq holatni qayd etişda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga şubha paydo bölganda;
  • aniqlangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi böyiça savol tuğilganda;
  • giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;
  • tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkazişda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekanligiga şubha paydo bölganida;
  • tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini taʼminlaş zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oşiriş hamda tegişli vaqtni tejaş maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning özida yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar binosida ekspress tekşiriş texnik vositalari yordamida tekşiradi.

Yoşlar uçun yangi stipendiya taʼsis qilindi

“Özbekiston Respublikasi Yoşlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etildi. Bunda:

  • stipendiya miqdori mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi;
  • mazkur stipendiya tayinlangan sportçilarga Prezidentning tegişli qarorida belgilangan tartibda özini özi band qiliş huquqi beriladi.
  • Şuningdek, sportçi identifikatsiya kartalari uçun tölovlar miqdori uç barobarga kamaytirilib, ulardan foydalaniş muddati 5 yil etib belgilanadi.

Nodavlat futbol muassasalariga futbol assotsiatsiyasi aʼzosi talabi qöyiladi


Nodavlat futbol muassasalari uçun Özbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi bölişi talabi örnatiladi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi.

Davlat organlarining AKT xodimlari malakasi oşiriladi

Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar böyiça 3 yilda bir marta malakasini oşiriş yölga qöyiladi.


Ayrim tadbirkorlar işçilarining daromad soliği qaytarib beriladi


2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulgaça issiqxonaga ixtisoslaşgan yer maydoni 25 sotixdan köp bölgan tadbirkorlar tomonidan işçilarining mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlari böyiça tölangan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini quyidagi şartlarga bir vaqtning özida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib beriş tartibi joriy etiladi:

  • har bir 5 sotix yer maydoni uçun oyiga kamida 1 nafar işçining bandligini taʼminlaş;
  • har bir işçi uçun oyiga mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadni mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bölmagan (980 ming söm) miqdorda belgilaş;
  • issiqxonaga ixtisoslaşgan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan issiqxona faoliyati böyiça olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari böyiça jami daromadning kamida 60 foizini taşkil etiş şular jumlasiga kiradi.

Fermer xöjaliklariga 2023 yil 1 iyun holatiga şakllangan suv soliğidan qarzini 12 oy mobaynida teng uluşlarda foizsiz bölib-bölib tölaşga ruxsat etildi.

Ekologiya va atrof-muhitga oid özgarişlar

  •  “Jamoatçilik ekologiya nazoratçisi” tizimi joriy qilinadi;
  • çiqindi poligonlarini xususiylaştiriş taqiqlanadi; 
  • qattiq maişiy çiqindilarni töplaş, olib çiqib ketiş böyiça aholiga körsatilgan xizmatlar uçun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undiriş uçun sudga daʼvo arizalari sanitar tozalaş xizmatlarini körsatuvçi korxonalar tomonidan kiritiladi.

Ayrim normativ-huquqiy hujjatlpr loyihalarini işlab çiqiş taqiqlanadi


Jahon savdo taşkiloti qoida va meʼyorlariga muvofiq bölmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş taqiqlanadi.

Hunarmandçilik mahsulotlarini eksport qilişda xalqaro poçta va kurerlik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hunarmandçilik mahsulotlarini eksport qilişda xalqaro poçta va kurerlik jönatmalari sifatida jönatiş xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jönatiş xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bölmagan qismi qoplab beriladi. Davlat mulki bölgan moddiy madaniy merosning köçmas mulk obʼektlarini hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullaniş uçun faqat milliy katalog va reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auktsion orqali ijaraga beriş tartibi joriy etiladi.


Maqola muallifi Ozoda Çoriyeva

Manba: qalampir.uz


×