Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining lavozim maoşiga 30 foiz qöşimça maxsus ustama tölanadi. Bundan taşqari yana bir qança yönaliş va sohalarda özgarişlar kuzatiladi.
- Özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş tartibi soddalaştiriladi
Özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxati 67 taga kengaytiriladi.
Özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi.
Şuningdek, özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qatʼi nazar, BHMning kamida 50 foizi hajmida tölaydi.
- Köp qavatli binolarni quruvçi taşkilotlarga bojxona imtiyozlari beriladi
2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgaça bölgan muddatda köp qavatli monolit uy-joylar quriş uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyiş qoliplari, beton tayyorlaş maşina va mexanizmlari bojxona tölovlaridan (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi.
Bojxona tölovlarini tölovçilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgaça bölgan muddatda import qilinadigan quriliş sohasida foydalaniladigan maşina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kiçik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar böyiça bojxona tölovlarini (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) 120 kungaça keçiktirib yoki bölib-bölib tölaş huquqiga ega böladi.
- Toşkent şahar DXMda fuqarolar uçun mediator xizmati joriy etiladi
Eksperiment tariqasida, Toşkent şahrida davlat xizmatlari markazlari binolarida nizolaşuvçi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalaniş uçun alohida xonalar ajratiladi.
- Köp kvartirali uy-joylarni quriş jarayonida atrof-muhitni himoya qiliş va ijtimoiy boşqaruv tizimi joriy etiladi
2020 yil 1 iyuldan boşlab:
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari tomonidan uy-joylar quriş uçun yerlar suğoriladigan yerlar va örmon fondiga kirmaydigan hamda aholini majburiy köçiriş xavfi bölmagan taqdirda ajratiladi;
- yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiquvçi komissiya tarkibiga “Özgidromet” markazining hududiy bölinmalari vakillari kiritiladi hamda ularning xulosasi olinadi;
- qişloq joylarda köp kvartirali uy-joylarni quriş böyiça tanlov savdolarida ğolib bölgan tadbirkorlar bilan investitsiya şartnomalari tuziladi;
- uy-joylarni quriş böyiça ajratilgan yer massivlari (uçastkalari) va lokal oqova suv tozalaş inşootlarining atrof-muhitga taʼsir körsatiş xulosasi tayyorlanadi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining hududiy boşqarmalari tomonidan davlat ekologik ekspertizasi xulosalari beriladi;
- köp kvartirali uy-joylarni quriş jarayonida xalqaro moliya institutlari talablaridan kelib çiqib, atrof-muhitni himoya qiliş va ijtimoiy boşqaruv tizimi joriy etiladi.
- Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining maoşiga qöşimça ustama beriladi
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining lavozim maoşiga 30 foiz qöşimça maxsus ustama tölanadi.
- Noşirlik faoliyatini litsenziyalaş tartibi bekor qilinadi
Noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblari bekor qilinib, noşirlik va matbaa faoliyatini boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tizimi joriy qilinadi.
- Javobgarlik belgilovçi huquqiy normalar faqatgina qonunlar bilan örnatiladi.
Joriy yilning 1 iyulidan boşlab:
- xöjalik boşqaruvi organlari vakolatiga kiruvçi masalalar va korporativ munosabatlar qonunosti hujjatlarini qabul qiliş yoki maʼmuriy usullar orqali tartibga solinişi taqiqlanadi;
- jismoniy va yuridik şaxslar uçun javobgarlik belgilovçi huquqiy normalar faqatgina qonunlar bilan belgilanadi;
- idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga jismoniy va yuridik şaxslar uçun qöşimça tölov va yiğimlarni belgilovçi, ortiqça maʼmuriy va boşqa çeklaşlarni nazarda tutuvçi, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelişiga olib keluvçi, ruxsat beriş xususiyatiga ega bölgan huquqiy normalarni kiritişga yöl qöymaydi;
- texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritişga yöl qöyilmaydi;
- texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar Adliya vazirligidan majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan ötkaziladi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda kontseptual jihatdan yangi mexanizmlarni yaratişning “paket” printsipi joriy qilinadi;
- qonunçilikni tizimlaştiriş va ortiqça huquqiy tartibga solişni kamaytiriş maqsadida 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargaça idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş töxtatiladi (özgartiriş va qöşimçalar kiritiş hamda öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisidagi, şuningdek, unifikatsiya qilişni nazarda tutuvçi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş bundan mustasno).
- Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining axborotlarini eşitiş tartibi amaliyotga tatbiq qilinadi
Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi majlislarida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining öz faoliyati böyiça, şuningdek, Hukumat aʼzolari va tarmoqlar rahbarlarining BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini bajariş, ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar töğrisidagi axborotlarini muntazam ravişda eşitiş tartibi amaliyotga tatbiq qilinadi.
- Quriliş sohasida nazorat inspektsiyasiga qöşimça vakolat beriladi
Quriliş sohasida nazorat inspektsiya va hududiy inspektsiya boşliqlariga huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirilgan hollarda işni körib çiqiş uçun sudga taqdim etiş tartibini saqlab qolgan holda, şaharsozlik töğrisidagi qonun hujjatlarining buzilişiga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati beriladi.
- Dori vositalariga nisbatan referent narx şakllantiriş tizimi joriy etiladi
Mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx şakllantiriş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Unga köra, aholi jon boşiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, örtaçadan yuqoriroq va örtaçadan pastroq bölgan davlatlar guruhiga kiruvçi kamida 10 ta referent mamlakatlar tanlanadi.
Dori şakli, qadoqdagi soni, dozasi, kontsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanişini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uçun belgilangan eng yuqori narxi qayd etiladi. Bunda dori vositasini uşbu qiymatdan yuqori narxlarda Özbekistonga yetkazib beriş (import dori vositalari uçun) va mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan sotilişi (mahalliy dori vositalari uçun) mumkin emas.
Şuningdek, mulkçilik şaklidan qatʼi nazar respublikaning barça tibbiyot taşkilotlarida majburiy tartibda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi böyiça retsept yozilişi tartibi joriy qilinadi
Bundan taşqari, “Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi.
Uşbu institutning asosiy vazifalaridan biri mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, tibbiyot taşkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yoziş va dori vositalarining savdo nomi uçun çeklangan narxlarni şakllantiriş jarayonini tartibga soluvçi qonunçilik talablariga rioya etilişini monitoring qiliş va baholaş hisoblanadi.
- Barça tuğruqni qabul qiliş muassasalarida tuğiliş va ölim töğrisida Elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturi yuritiladi
Mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barça tuğruqni qabul qiliş muassasalarida Elektron maʼlumotlar almaşinuvi dasturi yuritilişi majburiy hisoblanadi.
- Şaxsni uşlab turiş holatlari yagona elektron hisobga oliş tizimiga kiritiladi
Huquqni çeklaydigan protsessual majburlov çoralarini qöllaş, jumladan şaxsni uşlab turiş holatlari yagona elektron hisobga oliş tizimiga kiritib boriladi.
- Loyiha-qidiruv taşkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi
Soliq va statistika hisobotlari maʼlumotlari (iş tajribasi, xodimlar, şu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va tölangan soliqlar, iş haqi tölaş fondi va boşqa mezonlar) asosida avtomatik tarzda şakllanadigan loyiha-qidiruv taşkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.
- Xususiy muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandçilik markazlariga soliq imtiyozlari beriladi
2023 yil 1 iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandçilik markazlarining asosiy faoliyat turi böyiça foyda soliği, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.









