Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga taşrifi çoğida berilgan topşiriqlar ijrosi uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolarni bartaraf etişda muhim omil böldi.
Xususan, viloyat markazida boşqaruv va aholi uçun ijtimoiy, maişiy qulayliklar yaratiş, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida Namangan şahri böysunuvida Davlatobod tumani taşkil etildi. Köp yillik muammolardan biri – yaroqsiz holga kelib qolgan Norin daryosi köprigi Uyçi va Norin tumanlarini Andijon viloyatining Baliqçi tumani bilan boğlovçi yöl bölib, byudjet mablağlari hisobidan ajratilgan 8,3 milliard söm hisobiga köprik rekonstruktsiya qilindi. Namangan şahridagi “Hududiy oqova suv tozalaş” inşootini rekonstruktsiya qiliş işlariga Respublika byudjetidan 23,9 milliard söm mablağ ajratilib, loyiha işlari boşlab yuborildi. Namangan şahridagi sobiq endokrinologiya dispanseri binosida 150 örinli bolalar şifoxonasini taşkil etiş uçun 5 milliard söm mablağ ajratildi.
Prezidentimiz taşrifida Namangan temir yöl vokzali zamonaviy qiyofa kasb etgani, Farğona vodiysi xalqa temir yöli böylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy şaharlari va yurtimizning boşqa hududlari bilan transport boğlanişida muhim böğin ekani qayd etilgan edi. Vodiy ahlini poytaxt bilan boğlaydigan yölda yanada qulayliklar yaratiş maqsadida 2021 yilning 16 fevraldan boşlab yölovçi poyezdi qatnovi yölga qöyildi. “Toşkent – Namangan – Andijon” yönalişidagi yölovçi poyezdi haftaning seşanba va juma kunlari, “Andijon – Namangan –Toşkent” yönalişidagi poyezd esa çorşanba va şanba kunlari harakatlanadi. Qayd etiş kerakki, poytaxtga yöl oladigan poyezd Namangan şahridagi vokzalga töxtab ötişi ança yillardan beri kutilayotgan voqealik hisoblanadi. Hozirgaça buning uçun Pop tumanidagi bekatga borişga töğri kelardi. Haftaning har seşanbasida Farğona vodiysi böylab xalqa elektriçka poyezdi qatnovi ham yölga qöyildi. Namangandan yölga çiqqan poyezd Andijon, Marğilon va Qöqon bekatlarida töxtab ötadi.


Ötgan yili aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş maqsadida 1 ming 78 ta xonadondan iborat jami 40 ta köp qavatli turar joy binolari qurib bitkazildi. Şuningdek, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida aholiga 829 ta subsidiya ajratilib, bunga davlatimiz rahbarining taşrifi çoğida yana qöşimça tarzda 500 ta, jami 1 329 ta subsidiya ajratib berildi.

“Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasida Namangan viloyatida namunaviy etib, Davlatobod, Norin va Töraqörğon tumanlari belgilandi. Bu borada uşbu tumanlarning taʼlim, ijtimoiy soha, turizm, obodonlaştiriş, qişloq xöjaligi, davlat boşqaruvi organlari faoliyatini raqamlaştiriş yönalişlariga 67,8 milliard sömga teng 57 ta loyiha va tadbir amalga oşiriş belgilangan. Bundan taşqari, mamlakatimiz rahbari taşabbusi bilan milliy poçta tizimini isloh qiliş maqsadida Yangiqörğon tumani poçta aloqa boğlamasiga qaraşli uçta aloqa bölimi davlat xususiy şerikçilik asosida tadbirkorlik subʼektlariga berildi.
Taşrifda Kosonsoy, Çortoq va Yangiqörğon tumanlarini meva-sabzavotçilikka ixtisoslaştiriş böyiça bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Şu munosabat bilan 2021-2022 yillarda jami 8 ming 220 gektar, şu jumladan, Kosonsoy tumanidan 3 ming gektar, Çortoq tumanidan 2 ming 100 gektar, Yangiqörğon tumanidan 3 ming 120 gektar ğalla maydonlari qisqartiriladi. Uşbu qisqartiriladigan maydonlar asosan qişloq xöjaligi klasterlari, kooperatsiya, eksportyor, qişloq xöjaligi korxonalari, köp tarmoqli fermer xöjaliklariga beriladi.
Viloyatdagi 7 ta töqimaçilik-paxta klasteri tomonidan 63 ming 406 gektar yer maydonidan 211 ming 357 tonna paxta xom-aşyosi yiğib olinib, şartnomaviy reja 105 foizga ortiği bilan bajarildi. Eʼtiborlisi, ötgan yili ilk bor paxta şartnomasi mavjud 10 ta tumanda belgilangan reja töliq va qisqa fursatda bajarilişiga erişildi. Masalan, “Art soft holding” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan Mingbuloq va Pop tumanilarida 63 ming 900 tonna paxta xom-aşyosi yiğib olindi.
Viloyatda çorvaçilikni keng ommalaştiriş maqsadida ötgan yili xorijdan 4 ming 252 boş qoramollar olib kelinib, barça toifadagi xöjaliklardagi naslli qoramollar soni 748 ming boşga yetkazildi. 2020 yilda jami 158 ming tonna göşt, 734 ming tonna sut mahsulotlari yetiştirildi. Olib kelingan qoramollar hisobiga göşt va sut mahsulotlari 2019 yilga nisbatan 8,6 ming tonnaga, sut işlab çiqariş 38,4 mingga tonna oşirildi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan Çortoq tumanidagi Baland adir daştliklarida uzoq yillar davomida foydalanilmagan 36 gektar maydondagi har biri 2 sotixli mingta issiqxona loyihasi “Golden Nats Namangan” agro tomorqa xizmati masʼuliyati çeklangan jamiyati hamkorligida amalga oşirildi. Uşbu loyihaning afzalligi şundaki, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida bir joyda eksportbop sifatli mahsulot yetiştiriladi, kambağal oilalar doimiy daromad manbaiga ega böladi. Yana bir qulaylik jihati şundaki, mahsulotni yetiştirişda köçat, suv, mineral öğit va bozor taʼminoti yetakçi tadbirkor tomonidan kafolatlanadi.
Maktabgaça taʼlim tizimida ham sezilarli ösişga erişildi. Viloyatda jami 6 yoşli bolalar 55 ming 942 nafarni taşkil etib, şundan, 46 392 nafari, boşqaça aytganda, 82,9 foizini maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olişga erişildi. Joriy yil davomida umumiy quvvati 7 ming 55 nafarni taşkil etuvçi 2 ta davlat va 252 ta nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti taşkil etildi. Xususan, davlat xususiy-şerikçiligi asosida umumiy qiymati 18,9 milliard sömlik 11 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti foydalanişga topşirildi. Viloyatdagi xalq taʼlimi muassasalarida öquvçilarni böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida öğil bolalar uçun duradgorlik, çilangarlik, qiz bolalar uçun pazzandaçilik, çevarçilik tögaraklari taşkil etildi. Koreya Respublikasining “Eksimbank” kredit mablağlari hisobidan “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarini yanada rivojlantiriş” loyihasi asosida viloyatdagi 103 ta umumtaʼlim maktabiga 103 töplam (1 ming 583 dona) kompyuter texnikalari keltirildi.
Viloyatdagi mavjud uçta oliy taʼlim muassasasida professor-öqituvçilar tomonidan 1,3 milliard sömga teng bölgan 7 ta xalqaro va 8 ta respublika loyihasi amalga oşirilmoqda. Jumladan, Namangan davlat universitetida Jahon banki granti orqali 200 ming dollar miqdoriga teng, Markaziy Osiyoda yagona bölgan baliqçilik böyiça öquv-amaliy trenajyor majmuasi loyihasi amalga oşirilmoqda.
Butun dunyo mamlakatlari qatorida yurtimizni ham çetlab ötmagan koronavirus pandemiyasi bilan boğliq murakkab şaroitga qaramasdan karantin davrida viloyat soğliqni saqlaş tizimiga 161 milliard 707 million söm mablağ ajratildi. Şuningdek, tibbiy asbob-uskunlar, dori-darmon va tibbiy buyumlar oliş uçun mahalliy byudjet hisobidan 14,3 milliard söm yönaltirildi. Koronavirus infektsiyasining boşlanğiç bosqiçlarini erta aniqlaş uçun 15 ta zamonaviy raqamli partativ rentgen apparati keltirilib, şahar va tumanlarga tarqatildi.
Ötgan yili Namanganga jami 34 mingdan ziyod turist taşrif buyudi. 4 ta yangi turistik kompaniya röyxatga olinib, ularning soni 29 taga yetdi. Hozirga qadar 25 ta yangi mehmonxona, Yangiqörğon va Pop tumanlaridagi turistik manzillarda 48 ta mehmon uylari foydalanişga topşirildi. Madaniyat vazirligi madaniy meros departamenti va Namangan davlat universiteti bilan hamkorlikda “Axsikent” va “Munçoqtepa” arxeologik yodgorligini umumjahon YUNESKO röyxatiga kiritiş uçun nomzodnoma tayyorlanmoqda. Turizm xizmatlari eksporti hajmi 5,4 million dollarni taşkil etdi. Içki va taşqi hamda ziyorat turizmlarini keng quloç yoyişi maqsadida Çortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy”, Töraqörğon tumanidagi “Axsikent oçiq osmon muzeyi”, Çust tumanidagi “Bibiona” va Pop tumanidagi “Hazrati Bob” ziyoratgohlarini quriliş hamda rekonstruktsiya işlariga byudjet hisobidan 26,8 milliard söm sarflandi.
Viloyat böyiça 34 ming 761 ta ehtiyojmand oilada 47 ming 757 mehnatga layoqatli işsiz kişi “Temir daftar” röyxatiga olingan. Hozirga qadar ehtiyojmand oilalarning 29 711nafari yoki 85 foizi hududlardagi tuman va şahar xalq deputatlari kengaşlari qarorlari asosida ehtiyojmand oilalar röyxatidan çiqarildi. Buning natijasida 34 ming 761 ta oiladagi 48 ming 754 kişi yoki 100 foizi işga joylaştirildi.
“Temir daftar”dagi oilalarni qöllab-quvvatlaş msaqsadida 91,9 milliard söm miqdoridagi moddiy yordam pullari va zarur mahsulotlar tarqatildi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida ham yaxşi körsatkiçlarga erişildi. Yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot 26,6 trillion söm yoki 104,8 foizni taşkil etdi. Aholini turmuş darajasini oşiriş, byudjet daromadlarini köpaytiriş maqsadida tadbirkorlik sohasini keng rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, pandemiya davrida tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 252 ta korxonaning 5,6 milliard söm soliq qarzdorligi muddatlari uzaytirildi. 33,1 milliard sömlik inkassa topşiriqnomalari qaytarib olinib, 225,7 million sömlik ustama hisobdan çiqarildi. Tadbirkorlik subʼektlarining 172,5 mingta kredit şartnomasi böyiça jami 1,2 trillion sömlik tölovlarning muddati uzaytirildi. Vaqtinçalik öz faoliyatini töxtatgan 6 ming 582 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyati qayta tiklaşga erişildi. 6 ming 202 ta yangi kiçik biznes subʼekti taşkil etildi. 99 ming 101 nafar aholi va tadbirkorlik subʼektiga 4,4 trillion söm kredit mablaği ajratildi. Bunda, “Har bir oila – tadbirkor dasturi”da 768,4 milliard söm, “Yoshlar kelejagimiz” dasturi doirasida 36,9 milliard söm, “Ayollar jamoat fondi” hisobidan 6,6 milliard söm, tomorqa yer egalari kengaşi hisobidan 7,9 milliard söm kredit berildi.
Ötgan yil mobaynida viloyatda 12,4 trillion söm miqdorida investitsiyalar özlaştirilgan. Hududiy dasturga asosan 7,8 trillion sömga teng jami 1 ming 707 ta loyiha işga tuşirilib, 29 ming 74 ta yangi iş örni yaratildi. 127 million dollar mahsulot eksport qilindi. Jami 275,3 million dollar xorijiy investitsiya mablaği özlaştirilib, belgilangan prognoz 113 foizga bajarildi. Viloyatda mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan 48 ta xorijiy davlatga 378 million dollarga teng bölgan 318 turdagi mahsulotlar eksporti amalga oşirildi. Eksport geografiyasini kengayişi natijasida ilk marotaba Ispaniya, Singapur, Misr, Makedoniya, Gana va Kipr davlatlariga sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilindi.
Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirişning “drayveri”, yaʼni ösiş nuqtasi sifatida kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş muhim yönaliş sifatida belgilab olindi. Xususan, viloyatning barça hududlarida 97,8 gektar yer maydonida yoş tadbirkorlar uçun 12 ta “Yoşlar” kiçik sanoat zonalari taşkil etildi.
Birgina misol, Davlatobod tumani “Yuksaliş” dahasida taşkil etilgan “Yoşlar” kiçik sanoat zonasida 65 ta loyiha böyiça quriliş işlari olib borilmoqda. Yangi sanoat hududida kelgusida “Yoşlar daftari”ga kiritilgan öğil-qizlar uçun 3,5 mingta yangi iş örni yaratiladi. Ayni vaqtda 700 nafarga yaqin yoşlar quriliş işlariga jalb etilgan.
Davlatimiz rahbari taşrifi davomida “Yuksaliş” kiçik sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanişiş çoğida viloyatning har bir tuman (şahar)ida ikki yil içida kamida 4 tadan, yaʼni har bir sektor rahbari hududida bittadan kiçik sanoat zonalarini taşkil etib, ular sonini hozirgi 14 tadan 50 taga yetkaziş böyiça aniq topşiriqlar berilgan edi.
Prezidentimiz körsatmasidan kelib çiqib, Namangan tajribasi sifatida şahar va tumanlarning har bir sektorida yangi kiçik sanoat zonalari taşkil etişga kirişildi. Ularning soni esa 72 taga yetkaziladi. Ularda umumiy qiymati 6,9 trillion sömlik 1 625 ta istiqbolli loyihani amalga oşiriş va 74 mingdan ziyod yangi iş örni yaratiş közda tutilgan. Darvoqe, viloyatdagi kiçik sanoat zonalari uçun Prezidentimiz taşabbusi bilan 50 million AQŞ dollari ajratildi. Bu eksportyor korxonalar mahsulotlariga çet elda muvofiqlik sertifikatini oliş xarajatlarini qoplab beriş; taşabbuskorlarning xalqaro bozor va körgazmalardagi iştirokini moliyalaştiriş, kommunikatsiya tortiş xarajatlarini qoplaş kabi maqsadlarga yönaltirilmoqda.
Namangan viloyatida amalga oşirilgan 2020 yilda 17 ming 53 loyiha işga tuşişi natijasida 39 ming 920 ta yangi iş örni yaratildi. Jumladan, yangi kiçik korxona taşkil etiş hisobiga 9 ming 994 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlik hisobiga 11 ming 181 ta yangi iş örni yuzaga keldi. Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlariga murojaat etgan 41 ming 254 kişi işga joylaştirildi, 75 ming 504 nafar fuqaro haq tölanadigan jamoat işlariga jalb etilib, ularning iş haqi uçun 56,6 milliard söm ajratildi.
Manba Uza.uz









