«Huquqiy axborot» kanali 2021 yil 1 martdan kuçga kiradigan özgarişlar haqida maʼlumot berdi.
Boşqa hududga borib işlaydigan öqituvçi-pedagoglarga ustamalar tölanadi
Taʼlim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun boşqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.
Bunda:
- bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
- boşqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar tölanadi.
Tadbirkorlarga maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni örnatişga ruxsat beriladi
Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan quyidagilarni amalga oşirişga ruxsat etiladi:
- yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş sohasida avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari örnatilişini taşkil etiş;
- transport vositalarining xavfsiz harakatlanişini taʼminlaş sohasida avtomobil yöllarida avtomatlaştirilgan ölçov vositalari bilan jihozlangan oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar örnatilişini taşkil etiş.
Ayrim taʼlim taşkilotlari xalq taʼlimi sohasidagi xodimlarning malakasini oşiradi
- 2021 yil 1 martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat taʼlim taşkilotlariga xalq taʼlimi sohasida faoliyat körsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oşiriş huquqi beriladi.
Aliment majburiyatlarini bajariş aliment majburiyatlarni ijro etiş va nazorat qilişning yagona axborot tizimi orqali amalga oşiriladi
Aliment majburiyatlarini ijro etiş va nazorat qilişning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari böyiça alohida bank hisobvaraği bilan integratsiya qilinadi.
Bunda:
- Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari böyiça undiruvçi (aliment oluvçi) nomiga tegişli bank kartasi rasmiylaştiriladi;
- aliment pullari, şu jumladan qarzdorning iş haqidan uşlab qolingan aliment pullari uşbu aliment majburiyatlari böyiça alohida bank hisobvaraği orqali mazkur bank kartasiga ötkaziladi.
Tadbirkorlar davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari körsatilişida agent sifatida iştirok etişi mumkin
Davlat xizmatlarini körsatiş sohasida tadbirkorlarga davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari körsatilişida agent sifatida iştirok etişga ruxsat beriladi.
Bunda:
- agent sifatida xizmatlarni körsatuvçi tadbirkorlarning xodimlari akkreditatsiyadan ötgan öquv markazlari tomonidan beriladigan va körsatilişi mumkin bölgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bölişi şart;
- sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni beriş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
- tadbirkorlar tomonidan agent sifatida xizmatlarni körsatiş Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oşiriladi
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq maʼmuriy huquqbuzarliklar içki işlar organlari tomonidan aniqlanadi
Ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (Özbekiston fuqarosi hisoblanmagan jismoniy şaxs böyiça – şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjatlarning rekvizitlari), şuningdek, qarzdor – yuridik şaxsning soliq tölovçi identifikatsiya raqami körsatiladi.
Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq jinoyatlarni aniqlaş, bartaraf etiş va ularning oldini oliş vazifasi – Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va uning hududiy bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi.
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlaş, bartaraf etiş va ularning oldini oliş vazifasi – içki işlar organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Ikki qavatdan yuqori bölgan bino va inşootlar ularning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan ötkazilgan holda quriladi
2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan bino va inşootlarni quriş hamda rekonstruktsiya qiliş obʼektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan ötkazilgan hamda Quriliş vazirligi qoşidagi quriliş sohasida hududiy nazorat inspektsiyalari tomonidan davlat quriliş nazorati örnatilgan holda amalga oşiriladi.
Qattiq maişiy çiqindilarni saralab yiğiş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi
Qattiq maişiy çiqindilarni saralab yiğiş tizimi quyidagi tartibda joriy etiladi:
1-bosqiçda (2021 yilda) – Toşkent şahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yiğinlari hududida çiqindilarni «qayta işlanadigan» va «qayta işlanmaydigan» toifalarga ajratgan holda yiğiş;
2-bosqiçda (2022 yilda) – «Maxsustrans» DUK tomonidan xizmat körsatiladigan barça hududlardagi yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maişiy çiqindilarni «qayta işlanadigan» va «qayta işlanmaydigan» toifalarga ajratgan holda yiğiş;
3-bosqiçda (2023 yildan boşlab) – barça tumanlarda çiqindilarni «qayta işlanadigan», «qayta işlanmaydigan», «organik», «xavfli maişiy çiqindilar» va boşqa toifalarga ajratgan holda yiğiş.
Bir qator davlatlar fuqarolariga Özbekistonga vizasiz kirişga ruxsat beriladi
Özbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga öz yoki uçinçi mamlakatga uçiş aviaçiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, şu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uçun vizasiz rejim belgilandi.
Kumuşni birja orqali zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarga erkin sotiş tartibi joriy etiladi
Zargarlik sohasida keng imkoniyatlar yaratiş uçun «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK tomonidan kumuşni birja orqali zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarga erkin sotiş tartibi joriy etiladi.
Qişloq xöjaligida tadbirkorlarni jalb etgan holda kiçik ilmiy-innovatsion korxonalar taşkil etişga ruxsat beriladi
Tajriba tariqasida, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kiçik ilmiy-innovatsion korxonalar taşkil etişga ruxsat beriladi.









