Özbekiston qonunçiligida 1 iyuldan nimalar özgaradi?

Özbekiston qonunçiligida 1 iyuldan nimalar özgaradi?

Özbekiston qonunçiligida 2024 yil 1 iyuldan bir qator özgariş va yangiliklar kuçga kiradi. Norma uşbu sanadan kuçga kiradigan asosiy özgarişlarni taqdim etdi.


Fuqarolarga bepul birlamçi yuridik yordam körsatişning quyidagi tartibi joriy qilinadi:

  • Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barça tuman va şaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqiçma-bosqiç taşkil qilinadi;
  • huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, şuningdek nizolarni sudgaça va sud orqali hal etişda zarur böladigan protsessual hujjatlarni tayyorlaşda kömaklaşiladi.

Ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy hujjatlarni sudgaça körib çiqişning yangi tartibi joriy etiladi

2026 yil 1 iyulgaça huquqiy eksperiment tariqasida Toşkent şahrida qonunçilik hujjatlariga muvofiq bölmagan ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy hujjatlarni sudgaça körib çiqişning yangi tartibi joriy etiladi. 


Aholi va tadbirkorlik subʼektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qiliş maqsadida:

  • elektron hisoblaş maşinalari uçun dastur va maʼlumotlar bazalarini röyxatdan ötkazişga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YEIDXP (my.gov.uz) orqali topşiriş imkoniyati yaratiladi;
  • intellektual mulk obʼekti röyxatdan ötkazilganligini tasdiqlovçi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat beriş tartibi joriy etiladi. 

Davlat xizmatlarini körsatişda şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş (Face-ID) usuli joriy qilinadi

Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini körsatiş sohasida qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida:

  • Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qiliş ularning xohişiga köra ID-karta va xorijga çiqiş biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylaştiriş jarayonida kompozit şaklda amalga oşiriladi;
  • avval davlat röyxatidan ötkazilgan (davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovçi hujjatga ustxat yoziş yöli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bölgan köçmas mulkka bölgan huquqlar töğrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritiş va bu haqida davlat reyestridan köçirma beriş bepul amalga oşiriladi;
  • noturar joylarni boşqa şaxsga ötkazişga oid bitimlarni rasmiylaştiriş bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning şaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlaştirilgan holda amalga oşiriladi hamda rasmiylaştirilgan bitim bir vaqtning özida davlat röyxatidan ötkaziş uçun kadastr organlariga yuboriladi.

Ayrim kasalikka çalinganlar bepul davolanadi

Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga çalingan 18 yoşdan 21 yoşgaça bölgan (21 yoş ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bölimlarida, şuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar uşbu kasallik böyiça tibbiy yordam körsatgan boşqa tibbiyot taşkilotlarida bepul davolanişni davom ettiradi.

“Şaffof quriliş” tizimida yordamçi pudrat taşkilotlari röyxatga olinadi

Qonunçilikka köra, “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida avtomobil yöllari va yöl inşootlarini quriş, rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaşda qiymati 10 milliard sömdan ortiq bölgan loyihalar böyiça jalb qilinadigan yordamçi pudrat taşkilotlari röyxatga olinadi.

IT sohasiga ajratiladigan grantlar 1 milliard sömgaça oşadi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologiyalari parki tomonidan har yili ötkaziladigan tanlov asosida IT sohasida taʼlim xizmatlarini körsatiş, dasturiy mahsulotlarni işlab çiqiş böyiça raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş, grant ajratiş tizimi; quyidagi yönalişlarda joriy etilmoqda:

  • istiqbolli loyiha uçun – 150 million söm;
  • mahalliy bozorga ixtisoslaşgan loyiha uçun – 300 million söm;
  • jahon bozoriga ixtisoslaşgan loyiha uçun – 1 mlrd.

Maktab joylaşgan hududlarda fotoradar örnatiladi

Yöllar böylab joylaşgan maktablar yaqinida, tört va undan ortiq polosali bölgan yöllarning piyodalar ötiş joylarida hamda baxtsiz hodisalar sodir bölgan joylar yaqinida huquqbuzarliklarni maxsus foto va video qayd etiş vositalari bosqiçma-bosqiç örnatiladi.

Tajriba tariqasida 5 ta şahardagi içimlik va oqova suv taʼminoti xususiy sektorga beriladi

2024 yil 1 iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Şirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyöl şaharlarida içimlik va oqova suv taʼminoti davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy sektorga beriladi.

Özbekistonda davlat iştirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qiliş jadallaştiriladi

2024 yil 1 iyuldan, davlat iştirokidagi yirik korxonalarda:

  • korporativ boşqaruv tizimini takomillaştiriş, jumladan boşqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş uçun kuzatuv kengaşiga böysunadigan korporativ kotibiyat taşkil etiladi;
  • korporativ boşqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
  • kuzatuv kengaşining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz beriş byulletenlari orqali rasmiylaştiriş imkoniyati yaratiladi.


Teglar:
×