Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak mamlakat Rossiya bilan faqat Vladimir Zelenskiy taklif qilgan «tinçlik formulasi» asosida tinçlik muzokaralariga tayyor ekanini aytdi.
Uning sözlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.
«Bizning suverenitetimiz, hududiy yaxlitligimizni hurmat qiladigan masʼuliyatli davlatlar bilan rejamizni muhokama qilişga tayyormiz», degan Yermak.
2022 yil noyabr oyida Zelenskiy G20 sammitidagi nutqi çoğida 10 banddan iborat «tinçlik formulasi»ni eʼlon qilgan edi.
Xususan, hujjatda Ukrainaning 1991 yilgi çegaralarini tiklaş, hibsga olinganlarni almaşiş, yadro, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini taʼminlaş haqida söz boradi.









