Yöllarda "radar"lar bilan yaşirin xizmat olib boriş taqiqlanadi

Yöllarda "radar"lar bilan yaşirin xizmat olib boriş taqiqlanadi

Adliya Vazirligining "Huquqiy axborot"  Telegram - kanalida qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarining 5.43-bandiga köra, “Radar” yöl belgisi - tezlikka rioya etilişi radar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvçi belgi hisoblanadi. Uşbu yöl belgisi belgilangan harakatlaniş tezligi nazoratga olingan barça joylarga örnatilişi şart. Statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yöl belgilarini, köçma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa köçma ustunga vaqtinçalik yöl belgilarini örnatiş közda tutiladi.  Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qaroriga köra, YPX xodimi öz xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etiş qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda oşkora usulda amalga oşiradi. 

×