Rossiya delegatsiyasi Ukraina bilan muzokara joyiga yetib bordi

Rossiya delegatsiyasi Ukraina bilan muzokara joyiga yetib bordi

Rossiya delegatsiyasi Ukraina bilan muzokaralar ötkaziş uçun Belarusga bordi. Delegatsiya bölgan samolyot Brest aeroportiga qöndi, deb xabar bermoqda Rossiya davlat matbuoti.

Ayrim maʼlumotlarga köra, muzokaralarning uçinçi bosqiçi mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da boşlanişi mumkin. Ammo na Rossiya, na Ukraina tomonlari muzokaralar boşlaniş vaqtini rasman eʼlon qilmagan.

Bu ikki tomonning kelişuvga erişiş uçun uçinçi urinişi böladi. Muzokaralarning dastlabki ikki bosqiçi tomonlarning insonparvarlik yölaklari kerakligi haqida kelişib olişiga olib keldi.

Ammo amalda maʼlum böldiki, gumanitar yölaklarni taşkil etişga urinişlar hozirça barbod bölgan: sukunat rejimiga rioya etilmagan, aholi tinimsiz öq uzişi tufayli yo uyi va boşpanalarini tark eta olmadi yoki yölda halok böliş xavfi bor edi.

Ammo gumanitar koridorlar böyiça dastlabki urinişlar barbod böldi. Otişmalar tinmagani sababli aholining uylaridan çiqişi xavfli bölib qoldi. Moskva Rossiya va Belarusga olib boruvçi insonparvarlik yölaklarini taklif qildi. Kiyev bu taklifni rad etdi.

Bugun Rossiya Kiyev, Xarkov, Sumi va Mariupol şaharlarida sukunat rejimi örnatilganini eʼlon qildi. Ammo bu qanday yakunlanişi hozirça nomaʼlum.

Maʼlumot örnida, Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinçi raundi 3 mart kuni Belovejda, birinçi raundi 28 fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida bölib ötdi.

×