Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulovning aytişiça, Moskva endi «Tolibon»ni «mohiyatan terrorçi» deb hisoblamaydi. Bu haqda u RTVI telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Tolibon» rivojlanib, özini milliy harakat deb eʼlon qildi. U global jihodga kirişmaslik yoki öz mafkura va tafakkur tarzini qöşni davlatlarga ötkazmasligini bildirdi», — deya tuşuntirdi Kabulov.
Şu bilan birga, diplomat Içkeriya hukumatini tan olingani va terrorçilar uçun öquv lagerlari yaratilgani sababli Rossiyaning «Tolibon»ga qarşi daʼvolari borligini taʼkidladi.
Kabulovning aytişiça, Rossiya «Tolibon»ni tan olişi mumkin, ammo buning uçun ular bir qança muhim işlarni amalga oşirişi kerak.
«Ular etnosiyosiy inklyuziv hukumat yaratiş çaqiriğiga javob berişga tayyor ekanliklarini amalda isbotlaşi lozim. Agar ular bu qadamni taşlasa, bu Rossiya tomonidan Tolibon rejimini ehtimoliy tan olinişiga yöl oçadi», — deb tuşuntirdi diplomat.









