Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevgeniy Prigojinga qarşi qurolli isyon böyiça jinoiy iş töxtatilişini, «Vagner» öz dala lagerlariga borişi, Prigojinning özi esa Belarusga ketişi haqida kelişuvga erişilganini aytdi.
Uning sözlariga köra, hukumat qözğolonda qatnaşgan vagnerçilarni oldingi safdagi xizmatlarini inobatga olgan holda jinoiy javobgarlikka tortmaydi.
Peskovning taʼkidlaşiça, prezident Putin Belarus rahbari Lukaşenkoning vositaçilik qilişiga kelişib olgan.
«Aleksandr Grigoreviç Prigojin bilan ançadan beri şaxsan taniş, bu uning şaxsiy taklifi edi. Bu saʼy-harakatlari uçun unan minnatdormiz», deydi Peskov.
Qöşimça qilinişiça, yaqin kelajakda Putindan yangi murojaat bölmaydi va isyon bilan boğliq vaziyat Ukrainadagi uruşning borişiga taʼsir qilmaydi.
Eslatib ötamiz, 24 iyun kuni keçki vaqtda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Prigojin bilan kelişuvga erişganini eʼlon qilgandi. Şundan söng Moskvaga yuriş qilayotgan Prigojin ortga qaytişini maʼlum qilgandi.









