MB raisi örinbosari Hukumat yoğ narxini tuşiriş uçun nima qilayotganini aytdi

MB raisi örinbosari Hukumat yoğ narxini tuşiriş uçun nima qilayotganini aytdi

Bugungi kunda Özbekistonda rözğor uçun eng muhim mahsulot –yoğning narxi keskin oşişi aholining jiddiy norozilik va eʼtirozlariga sabab bölmoqda.

Özbekiston Markaziy banki raisi örinbosari Behzod Hamroyev Oliy Majlis Senatining ön törtinçi yalpi majlisida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi kötarilişiga qarşi qilinayotgan işlar haqida maʼlumot berdi.

“Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari narxi birinçi çorakda ötgan yilning mos davriga nisbatan 13,9 foizga oşişi kuzatildi. Mart oyida narx oşişining oldini oliş böyiça Vazirlar Mahkamasining “Içki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlaş va ularning narxlari barqarorligini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan respublika işçi guruhi va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, göşt, kartoşka, guruh va ösimlik yoğini qança işlab çiqariş kerak, qança zaxiralaş kerak va qança import qiliş kerakligi belgilab berildi”, dedi Behzod Hamroyev.

Hukumat qaroriga köra, 2021 yilda 78 000 tonna ösimlik yoği, 64 000 tonna şakar, 300 000 tonna kartoşka, 40 000 tonna göşt import asosida keltirilişi nazarda tutilgan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi içki bozorlarda yoğ-moy mahsulotlarining narxi keskin ösişini birinçi navbatda taşqi bozorlarda narxlar oşişi va ötgan hosil yilida yetiştiriş hajmlari nisbatan kamroq bölişi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvçilardan bölgan qöşni davlatlarda kungaboqar yoği va uruği eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanişi tartibi muddati uzaytirilişi bilan izohladi.

Manba: Qalampir.uz

×