Peskov referendumdan keyin Ukrainani nima kutayotganini aytdi

Peskov referendumdan keyin Ukrainani nima kutayotganini aytdi

Moskva referendumlardan söng Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarining bir qismi ustidan nazoratni tiklaşga urinişlarini Rossiya hududlariga qilingan hujum deb baholaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi. 

"Albatta", deydi Dmitriy Peskov jurnalistlarning tegişli savoliga javob berib. 

Uning sözlariga köra, Donetsk, Lugansk, şuningdek, Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan Zaporoje va Xerson viloyatlarining bir qismi Rossiya tarkibiga kirganidan keyin u yerda Rossiya Konstitutsiyasi işlay boşlaydi. 

"Agar uşbu hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirişi töğrisidagi akt mavjud bölsa, demak, konstitutsiyamizning tegişli qoidalari allaqaçon işlaydi", deya qöşimça qildi u. 

Bir kun oldin özini Donetsk xalq respublikasi deb tanitayotgan bölginçilar rahbari Denis Puşilin Donetsk şimolida Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumi ehtimolini istisno qilmasligini aytdi. 

"Duşman juda jiddiy kuçlarni birlaştirdi", deydi u videomurojaatida.

Maʼlumot uçun, 23 sentyabr kuni Ukrainaning Donetsk (tan olinmagan DXR), Lugansk (tan olinmagan LXR), Xerson va Zaporoje viloyatlarida rossiyaparast kuçlar boşçiligada bir tomonlama RFga qöşiliş böyiça referendumlar boşlandi. Ovoz beriş 27 sentyabrgaça davom etadi.

Tan olinmagan DXR va LXRda ovoz beriş byulletenida “respublikaning Rossiya Federatsiyasi taʼsis subʼekti sifatida Rossiya tarkibiga kirişini” qöllab-quvvatlaydimi yoki yöqmi degan savol “ovozga” qöyilgan.

Zaporoje va Xerson viloyatlarida esa “Siz Ukrainadan ajralib çiqiş, mintaqaning mustaqil davlat taşkil etişi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirişi tarafdorimisiz?” degan savol “ovoz”ga qöyilgan.

Ukraina hududlarida bir tomonlama referendum ötkazilişiga Ğarb davlatlari, hatto Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni qöllab-quvvatlamagan Turkiya ham qoraladi. Ğarb davlatlari Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritilişini, NATO esa Ukrainani qöllab-quvvatlaş kuçaytirilişini maʼlum qildi.


×