Kanadada qor yoğişi 20 yillik rekordni yangiladi — ayrim joylarda yoqqan qorning qalinligi uç metrga yetdi. Keça, 18 yanvar kuni qor yoğişi rekord körsatkiçlarga yetişi natijasida ayrim şaharlar «oq qamal»da qolgan.
Kuçli qor böroni oqibatida Nyufaundlend orolida yaşovçi ön minglab kişilarning uylari qor ostida qolgan. Rekord darajada qor yoğişi Gambo, Trepassi, Sent-Jons, Paradayz kabi şaharlarda ham kuzatilgan.
Avalon şahri aholisi 3 metrlik qor yoğişdan keyin hosil bölgan qor uyumlari oqibatida uylarida qamalib qolişgan. Şaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilib, qor tozalovçi texnika zör berib işlamoqda.









