Husanov MYUga ötişi mumkin edi. Kutilmagan tafsilotlar oçiqlandi

Husanov MYUga ötişi mumkin edi. Kutilmagan tafsilotlar oçiqlandi

“Mançester Yunayted”ning sobiq skauti Nikolas Çinali Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanovni mançesterlik klubga tavsiya qilganini maʼlum qildi. Bu haqda u X tarmoğida yozib qoldirdi.

“Özbekiston U-20 terma jamoasining Jahon çempionatidagi öyinlarini tomoşa qilib, Husanovni payqadim. Uçta asosiy fazilat meni hayratga soldi: tezlik, kuç va diqqatni jamlaş. Men Abduqodirning “Mançester Yunayted” uçun munosib futbolçi ekaniga amin edim – uning butun jamoasi juda raqobatbardoş edi”, deydi mutaxassis.

Taʼkidlaş joizki, Hunsanovov 2025 yil qişida 40 million yevrolik transfer evaziga Frantsiyaning “Lans” jamoasidan Angliyaga köçib ötgan edi. Öşa vaqtga kelib, himoyaçi Frantsiyaning 1-ligasida tajriba orttirib, özini Yevropa darajasida namoyon qilgan edi.


Özbekistonlik himoyaçi “Mançester Siti” safida muntazam öyin amaliyotiga ega bölmoqda. Husanov “şaharliklar” bilan Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida ğolib çiqqan. Joriy mavsumda 22 yoşli Husanov barça musobaqalarda beşta uçraşuvda maydonga tuşib, jami 401 daqiqa harakat qildi. 


Teglar:
×