Şavkat Mirziyoyev «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oşiriş böyiça Qöşma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi» xalqaro konferentsiyasi iştirokçilariga murojaat yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Hurmatli delegatsiya rahbarlari!
Hurmatli xalqaro taşkilotlar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Sizlarni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oşirişga bağişlangan, BMT Aksilterror boşqarmasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti bilan hamkorlikda taşkil etilgan xalqaro konferentsiyada qutlayman.
Mazkur forumni ötkaziş taşabbusimizni qöllab-quvvatlaganligi uçun Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi janob Antoniu Guterrişga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman.
YEXHT Boş kotibi Xelga Şmid xonim, BMT Boş kotibi örinbosari janob Vladimir Voronkov, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça Mintaqaviy markazi rahbari Natalya German xonimga va Markaziy Osiyo davlatlarining taşqi siyosat idoralari rahbarlariga uşbu muhim tadbirni taşkillaştirişdagi hamkorlik uçun ehtiromimni izhor etaman.
Sizlar konferentsiya işini qöllab-quvvatlaganingiz umumiy xavfsizlik va barqarorlik yölida terrorizm, boşqa tahdid va xatarlarga qarşi birgalikda qarşi turiş masalasida sobitlikning işonçli tasdiğidir.
Hurmatli konferentsiya iştirokçilari!
Bugun biz xalqaro munosabatlarda nizolarning kuçayişi, mamlakatlar örtasidagi işonç va hamkorlik darajasining pasayişiga guvoh bölib turibmiz. Ayni damda dunyoning turli mintaqalarida keskinlik öçoqlari saqlanib qolmoqda, qurolli töqnaşuvlar davom etmoqda.
Ijtimoiy hayot va iqtisodiy faoliyatning barça jabhalariga zarar keltirgan pandemiya BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga öta salbiy taʼsir qilmoqda. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi inqirozli hodisalar dunyodagi tengsizlikni kuçaytirmoqda, nizolarning keskinlaşuvi xavfini jiddiy oşirmoqda va şu asnoda terrorizm ğoyalarining tarqalişi uçun qulay muhit yaratmoqda.
Şunday murakkab şaroitlarda tobora ortib borayotgan global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarga qarşi kuraşiş yölida dunyo hamjamiyatining saʼy-harakatlarini birlaştiriş muhim ahamiyatga ega.
Bundan 15 yil muqaddam dunyoning barça mamlakatlari BMTning Global aksilterror strategiyasini bir ovozdan maʼqullagan edilar. Uşbu hujjat terrorizmga qarşi kuraşda milliy va xalqaro saʼy-harakatlarni birlaştirişga qaratilgan keng qamrovli, umumeʼtirof etilgan ilk huquqiy asos böldi.
2011 yilda Markaziy Osiyoning beşta mamlakati uni röyobga çiqarişga doir Qöşma harakatlar rejasini tasdiqlab, birinçi bölib mazkur dasturiy hujjatni mintaqalaştiriş böyiça namuna körsatdilar.
Uşbu rejani amalga oşiriş terrorizmga qarşi kuraşda umumiy tamoyillar va yondaşuvlarga doir mintaqaviy konsensusni mustahkamlaş, ham ikki tomonlama, ham köp tomonlama hamkorlikning taʼsirçan mexanizmlarini yaratiş imkonini berdi.
Mintaqa mamlakatlari terrorizmga qarşi kuraş böyiça öz milliy tizimlarini şakllantirdilar. Mamlakatlarning BMT tavsiyalariga töliq mos keladigan harakatlar strategiyalari işlab çiqildi.
Şu asnoda davlatlarimiz uçun yanada tartibli va samarali muloqotga kirişiş, tajriba va muhim maʼlumotlarni almaşiş, aksilterror harakatlar salohiyatini oşiriş hamda yolğiz amalga oşirib bölmaydigan natijalarga birgalikdagi intilişlar orqali erişiş imkoniyati paydo böldi.
Natijada esa bugun köplab nufuzli xalqaro reytinglarda Markaziy Osiyo dunyoning eng xavfsiz mintaqalari qatoridan örin egallamoqda.
Keyingi yillarda bu yerda fundamental ijobiy özgarişlar röy berdi. Mintaqa mamlakatlari örtasida döstlik, özaro manfaat va işonç tamoyillariga asoslangan yaxşi qöşniçilik munosabatlari izçil rivojlanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari mamlakatlarimizning mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlaş böyiça ulkan salohiyatini yuzaga çiqarişga yordam bermoqda.
Afğonistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida körar ekan, mintaqa davlatlari afğon xalqiga gumanitar yordam körsatmoqda, tinç iqtisodiyotni qayta tiklaşga va uşbu mamlakatning mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga qöşilişiga har tomonlama kömaklaşmoqda.
Hurmatli xonimlar va janoblar!
Özbekiston 14 ta asosiy universal xalqaro huquqiy hujjatlarni imzolagan bölib, xalqaro terrorçilikka qarşi kuraşiş yölidagi global saʼy-harakatlarda faol iştirok etmoqda.
Mazkur sohadagi davlat siyosati keng qamrovlilik, inklyuzivlik va izçillik yondaşuvlariga tayanadi. Barçamizga maʼlumki, bunday yondaşuv huquqni muhofaza qiliş çoralari bilan bir qatorda preventiv va profilaktik çoralarni birgalikda olib borişni, BMTning Global aksilterror strategiyasining asosiy yönalişlarini röyobga çiqarişda nafaqat davlat organlari, balki fuqarolik jamiyati institutlari ham faol qatnaşişini nazarda tutadi.
Bu işda jamiyatda özaro anglaşuv muhitini qaror toptiriş va muloqotni rivojlantiriş, nizolarning oldini oliş, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya, taʼlimni, şu jumladan professional taʼlimni ilgari suriş, bandlikni taʼminlaş, aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş eng ustuvor yönalişlar hisoblanadi. Madaniyatlararo va dinlararo muloqot, ayollar va yoşlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekistonda terrorizmga qarşi kuraşişning fundamental asosi, bu – inson huquqlari va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlaşdir. Işonçimiz komilki, terrorizmga qarşi kuraş va inson huquqlarini himoya qiliş bir-birini inkor etuvçi emas, balki töldiruvçi va mustahkamlovçi maqsadlardir.
Aminmanki, bugun siz Qöşma harakatlar rejasi doirasidagi hamkorligimizni har tomonlama tahlil qilişingiz va uni yangi muhim yönalişlar bilan töldirişingiz mumkin.
Şu nuqtai nazardan, terrorizm va ekstremizmga qarşi birgalikda kuraşiş samaradorligini oşiriş böyiça qator taşabbuslarni körib çiqişni taklif etamiz.
Birinçi. Şunisi aniqki, mintaqada aksilterror strategiyani amalga oşirişni muvaffaqiyatli davom ettiriş Qöşma harakatlar rejasi ijrosining borişini doimiy monitoring qiliş va tanqidiy baholaş, Markaziy Osiyo mamlakatlarining hamjihatlikdagi harakatlarini muvofiqlaştiriş mexanizmlarini kuçaytirişni taqozo etadi.
Şu munosabat bilan, mintaqamizda BMT Aksilterror boşqarmasining ofisini oçiş zarurati allaqaçon vujudga kelgan deb hisoblaymiz.
Markaziy Osiyoda terrorizmga qarşi kuraşiş yölida özaro muvofiqlaşgan hamkorlikdan maksimal darajada uyğun samaraga erişiş uçun uning xavfsizlik muammolarini hal qiliş bilan şuğullanuvçi yetakçi xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan yaqin aloqalarini taʼminlaşni taklif etamiz.
Ikkinçi. Bugun dunyoning deyarli barça mamlakatlari kibermakondagi terrorizm bilan töqnaşmoqda. Internet radikal ğoyalarni tarqatiş, odamlarni yollaş, terrorçilik harakatlarini moliyaviy taʼminlaş, rejalaştiriş va sodir etiş vositasiga aylanmoqda.
Bunday şaroitda davlatlarimizning terrorizm maqsadlarida raqamli texnologiyalardan foydalanişga qarşi samarali kuraşiş sohasidagi salohiyatini rivojlantiriş ğoyatda muhim ahamiyatga ega.
BMTning Aksilterror boşqarmasini 2020 yilda qabul qilingan Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlik va yangi texnologiyalar böyiça dasturlarini bajariş böyiça saʼy-harakatlarni faollaştirişga çaqirib qolamiz.
Uşbu dastur doirasida kiberterrorizm sohasida tajriba va maʼlumotlar, tadqiqotlar va eng yaxşi tajribalar almaşinuvini rivojlantirişga qaratilgan Markaziy Osiyoda kiberterrorizm böyiça Yagona elektron tizimni yaratiş zarur deb hisoblaymiz.
Bundan taşqari, kibermakonda xavfsizlikka tahdidlarning transçegaraviy xarakterga ega ekanligi axborot makonida ekstremizm va terrorizmning turli körinişlariga qarşi samarali kuraşiş imkonini beruvçi yagona xalqaro huquqiy mexanizmlarni yaratişni taqozo etmoqda. Bu masala yuzasidan muloqot taşkil etiş va uni muvofiqlaştirişda BMT kömagiga umid bildiramiz.
Uçinçi. Sönggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiy mojarolar hududidan 1500 nafardan ziyod öz fuqarolarini vatanga qaytardi, ularni reabilitatsiya va reintegratsiya qilişda öziga xos yondaşuvlarni işlab çiqdi.
Şu munosabat bilan BMTning Aksilterror boşqarmasi şafeligida Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakçi mutaxassislari orasidan Mintaqaviy ekspert kengaş taʼsis etişni taklif qilamiz. Radikal ğoyalar taʼsiriga tuşib qolgan fuqarolarni reabilitatsiya va reintegratsiya qiliş dasturlarini takomillaştiriş hamda mamlakatlarimizda terrorizm tarğibotiga qarşi kuraşiş böyiça takliflar işlab çiqiş kengaşning asosiy vazifasi böladi.
Törtinçi. Terrorizm va ekstremizmga qarşi muvaffaqiyatli kuraşişning eng muhim şarti samarali yoşlarga oid siyosatdir. BMTning Yoşlar strategiyasida qayd etilganidek, yoşlarda özini bir neça bor oqlaydigan bebaho va ğoyatda muhim resurs mujassamlaşgan.
Mamlakatlarimiz kelajagi yoş avlod qanday inson bölib kamol topişi, qanday taʼlim va tarbiya olişi, biz ular uçun qanday şaroitlar va «ijtimoiy liftlar» yaratib berişimizga boğliq.
Şu kabi barça masalalarni har tomonlama muhokama qiliş uçun 2023 yilda Samarqand şahrida, ilgari taklif qilganimizdek, doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoşlari kengaşini çaqirişni taklif qilamiz. Uçraşuvlar yakuni böyiça mamlakatlarimiz yoşlari örtasida har tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, yoş avlodning öz iqtidorini namoyon qilişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, ularda ekstremizm va terrorizm ğoyalariga qarşi mustahkam immunitetni şakllantiriş yönalişlarida tajriba almaşişga doir batafsil Harakatlar rejasini işlab çiqiş zarur.
Beşinçi. Xabaringiz bor, BMTning Global aksilterror strategiyasida bağrikenglik, özaro hurmat, jamiyatning barça qatlamlari iştirokida dinlararo va madaniyatlararo muloqot ğoyalari va tamoyillarini ilgari suriş muhim örin tutadi.
2018 yilda Özbekiston taşabbusi bilan BMTning Boş assambleyasi maxsus «Maʼrifat va diniy bağrikenglik» rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiyada sayyoramizda tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş yölida savodsizlik va jaholatga barham beriş, bağrikenglik, özaro hurmat va özaro anglaşuvni qaror toptiriş alohida taʼkidlangan.
Kelgusi yilda BMT şafeligida yuqori darajadagi «Maʼrifat va diniy bağrikenglik» konferentsiyasini ötkaziş hamda konferentsiya yakunlari böyiça BMTning Maxsus rezolyutsiyasida mustahkamlab qöyilgan ğoyalarni ilgari suriş yölida amaliy hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilab olişni taklif qilamiz.
Muhtaram xonimlar va janoblar!
Terrorizmning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş yölidagi saʼy-harakatlarimiz ular mintaqaviy va global miqyosida samarali muvofiqlaştirib borilgandagina natija beradi.
Aynan şu sababli ham bugungi forum, qabul qilinajak Toşkent deklaratsiyasi va Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oşiriş böyiça yangilangan Qöşma harakatlar rejasi favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro konferentsiyaning barça iştirokçilariga sermahsul faoliyat, qiziqarli muhokamalar, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşga qaratilgan yangi taklif va taşabbuslar işlab çiqilişini tilayman.
Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Respublikasi prezidenti









