Qozoğiston Savdo va integratsiya vazirligi Rossiya tomoni bilan tengeda hisob-kitoblarga ötiş imkoniyatini körib çiqayotganini maʼlum qildi. Bu haqda RBC xabar bermoqda. Avvalroq Rossiya hukumati YEOII doirasida hisob-kitoblarni milliy valyutalarda ötkazişni afzal körişini, çunki dollar “xavfli bölib qolgani”ni maʼlum qilgandi.
“Qozoğiston Rossiya bilan barça muhim sohalarda, jumladan, tovar va xizmatlar savdosi, qöşma korxonalar, özaro investitsiyalar, turizm va hokazolarda juda yaqin iqtisodiy aloqalarga ega. Iqtisodiy jarayonlar doimo ularning iştirokçilarining amaliy manfaatlari bilan belgilanadi va Qozoğiston-Rossiya hamkorligi iştirokçilari manfaatdor va foydali ekan, bu hamkorlik davom etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Sanktsiyalarga kelsak, Qozoğistonning qayd etişiça, sanktsiyalar biror davlatga emas, balki sanoat yoki kompaniyaga nisbatan qöllaniladi va har bir holat alohida körib çiqiladi.









