“Agar AQŞ tinçlik muzokaralarini qayta boşlaşni istamasa, Tolibon u bilan 100 yil kuraşişga tayyor”, dedi Tolibon vakillaridan biri. Uşbu bayonot Prezident Donald Tramp Tolibon bilan muzokaralar tugaganini eʼlon qilgandan bir neça kun ötgaç berildi.
Afğonistonda Tolibon hujumidan keyin AQŞ harbiysi halok bölgan va aynan şu sabab Tramp muzokaralarni bekor qilgan.
Moskvaga taşrif buyurgan Tolibon delegatsiyasi aʼzosi, agar AQŞ ham qiziqiş bildirsa, guruh muloqotni qayta tiklaşga roziligini aytdi. «Biz kelişuvlarga qaytişga rozimiz. Afğonistonda tinçlik bölişini istaymiz va çet el qöşinlarining Afğonistondan çiqib ketişi uçun xavfsiz şaroit yaratib berişni xohlaymiz. Agar Amerika tomoni muzokaralarni xohlamasa, biz hatto 100 yil davom etgan taqdirda ham özimizni himoya qilişga majbur bölamiz.», dedi Şer Muhammad Abbos Stanekzay Rossiyaning RT telekanaliga.
Afğoniston Prezidenti Aşraf Ğanining matbuot kotibi Sediq Seddiqi tvitterda Abbosning sözlariga munosabat bildirdi:
“Bu safar toliblar Moskvada turib ovozlarini kötarişdi va ular afğonlarni öldirişda davom etişlarini aytişdi-yu. Afğoniston xavfsizlik kuçlari sizni kutmoqda.”
Tolibon rahbarlarini yaxşi biladigan siyosiy tahlilçi Vohid Mojda Moskva safari isyonçilarning muzokaralar olib borişga tayyorligini namoyiş qilişning bir qismi bölganini aytdi.
«Tolibon boşqa davlatlar, masalan, Xitoy, Eron va boşqa joylarga borib Amerika bilan tinçlik bitimini imzolaşga tayyor ekanliklarini aytadi. Uşbu safarlar ahamiyatga ega, çunki Tolibon agar Vaşington bitim tuzişni istamasa, Afğonistonda qolişi va mintaqa uçun xavf tuğdirişi mumkinligini daʼvo qiladi.», dedi u “Arab News”ga.
Manba: tarjumon. uz









