Moskva AQŞning yangi Prezidenti kim bölişidan qatʼi nazar, u bilan işlaşga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlumot bergan.
"Prezident Putin Amerika xalqining har qanday tanlovini hurmat qilişini va AQŞning yangi Prezidenti kim bölsa ham, u bilan işlaşga tayyorligini bir neça bor taʼkidladi", degan Peskov.
Matbuot kotibi AQŞning navbatdagi Prezidenti bilan aloqalar örnatiş va mamlakatlar örtasidagi munosabatlarni normallaştirişga umid bildirgan.
Avvalroq, Rossiya rahbari AQŞning kelajakdagi qarorlari "muvozanatli" bölişiga umid bildirgandi.
Maʼlumot uçun, AQŞda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bölib ötdi. Davlat rahbari lavozimiga asosiy daʼvogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikaçi Donald Tramp.
7 noyabr kuni Amerikaning yetakçi ommaviy axborot vositalari “ABC News”, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden ğalaba qozonganini eʼlon qildi. Natijalar hali rasman eʼlon qilinmagan.









